Osiyo chempionlariga 10 ming dollar beriladi

© AIBASeremoniya nagrajdeniya pobediteley na chempionate mira po boksu AIBA v Gamburge, Germaniya
Seremoniya nagrajdeniya pobediteley na chempionate mira po boksu AIBA v Gamburge, Germaniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.05.2021
Obuna bo‘lish
AIBA Osiyo chempionati tarixida ilk marotaba sovrindorlar uchun mukofot puli ajratadi.
TOShKENT, 19-may — Sputnik. Turnir jamg‘armasi 400 000 dollarni tashkil etadi va pullar oltin, kumush va bronza medallari sohiblari o‘rtasida bo‘linadi.
Musobaqada birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan sportchilar 10 000 dollar bilan mukofotlanadi. Ikkinchi o‘rin egalariga 5 000 dollar berilsa, bronza medali egalari 2 500 dollarga ega bo‘ladi.
Mukofot pullarini berish erkaklar o‘rtasida ham, ayollar o‘rtasidagi bahslarga ham amal qiladi.
Yangiliklar lentasi
0