Kolumnistlar

Amerika bizning yondashuvni biladi: barqarorlik va qurollar masalasi muhokama qilinishi shart

© Press-slujba MID RF / Fotobankka oʻtishMinistr inostrannыx del RF Sergey Lavrov
Ministr inostrannыx del RF Sergey Lavrov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.05.2021
Lavrovning va Entoni Blinken bilan Reykyavikda boʻlib oʻtadigan ilk uchrashuvi uchun Moskva AQSH Davlat Departamenti uchun nimalar tayyorlamoqda.
TOSHKENT, 19 may — Sputnik, Kseniya Melnikova. Reykyavikda AQSH va Rossiya tashqi ishlar vazirlari ikki davlat orasidagi nizolarga qarmasdan, manfaatlari tutashuvchi nuqtalarni aniqlashi kerak. Bugungi vaziyatda Moskva va Vashington hamkorlik qilishi mumkin boʻlgan qanday yoʻnalishlar bor.

35 yil oʻtib

“Stratgik barqarorlikka taʼsir qiladigan hamma narsa – yadroviy va noyadroviy qurollar, hujum va himoya vositalarining barchasi – muzokaralar stolida boʻlishi kerak. Amerikaliklar bizning yondashuvni biladi”, - dedi Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Entoni Blinken bilan uchrashuvdan bir necha kun oldin.
Rossiya TIV rahbari amerikalik hamkasabasi bilan “professional suhbat” qilishga umid bildirmoqda. Xususan, Lavrov AQShning Rossiyaga, Rossiya manfaatlariga aloqador boʻlgan muammolar borasida AQSH pozitsiyasiga aniqlik kiritilishiga umid bildirdi.
Islandiyada boʻlib oʻtadigan Arktik kengashda 19 may kuni boʻlib oʻtadigan uchrashuv Lavrov va Blinken uchun ilk uchrashuv boʻladi. Rasmiy uchrashuvdan tashqari diplomatlar yuzma-yuz uchrashish ehtimoli ham bor.
Toplivnыe rezervuarы kompanii Colonial Pipeline v aeroportu goroda Sharlott, SSHA benzin kompaniyasi
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.05.2021
Analitika
Ekspert: AQSH kiberxavfsizlik muzokaralarida ishtirok etishi - bu Rossiya muvaffaqiyati
Maʼlumot uchun, Reykyavik — oʻziga xos ramzli joydir. Aynan ushbu joyda 35 yil oldin Sovet Ittfoqi rahbari Mixail Gorbachev Ronald Reygan bilan uchrashgan edi.
Moskvaning ham Vashingtonning ham bir biriga daʼvolari koʻpligi tufayli boʻlajak suhbat jiddiy ohanglarda boʻlib oʻtishi kutilmoqda. AQSH yangi prezidenti Jo Bayden ilk matbuot anjumanida Vladimir Putinni “qotil” deb ataganidan soʻng ikki davlat munosabatlari eng past nuqtaga tushgan edi. Shundan soʻng Moskva AQShdagi elchisi Anatoliy Antonovni chaqirib olgan edi. Uning Vashingtonga qachon qaytishi hozircha nomaʼlum.
Rossiya TIVi AQShning bunday siyosatini boshi berk koʻchaga kirib qolgan va “maʼnosiz” deb atagan edi. Undan soʻng AQSH 10 nafar rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborgan edi. Oʻshanda Blinken “Rossiya agressiv siyosatini davom ettirsa buning salbiy oqibatlari boʻlishi mumkin” deb AQSH prezidentining soʻzlarini keltirgan edi.
Zdaniye posolstva SSHA v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.02.2021
Dunyoda
Amerikalik diplomatlar "Sputnik V" vaktsinasi bilan emlashni soʻrashdi
Oq uy maʼmuriyati Rossiya-Ukraina chegarasidagi vaziyatdan xavtirga tushib “U yerda 2014 yildan buyon hech qayerda toʻplanmagan miqdorda Rossiya qoʻshinlari jamlangan”, - degan edi NBC telekanaliga.
Taxminan oʻsha vaqtlarda Vashington Moskvaga qarshi yangi sanktsiyalar kiritgan edi. Ular keng koʻlamli boʻlmasada, lekin sezilarli boʻldi. Amerikalik investorlarga Rossiya Markaziy banki, Moliya vazirligi va Milliy farovonlik fondi obligatsiyalarini sotib olish taʼqiqlandi. Undan tashqari 6ta texnologik kompaniyalar va bir necha fuqarolar ham turli bahonalar bilan AQSH sanktsiyalari ostida qolishdi.
Ikki tomon hamkorligini tasdiqlovchi soʻnggi shartnoma – Ochiq osmon ostidagi shartnoma ham bkor qilindi. AQSH undan noyabr oyida chiqqan edi, Rossiya esa – keyinroq.

Uchrashuv umidlari

Uchrashuv doirasida oʻzaro umumiy nuqtalarini topish ehtimoli hali ham bor. Amerika tashabbusi bilan tashkil qilingan Putin va Bayden uchrashuvi arafasida ana shunday nuqtalar soni tobora oshib bormoqda. Sammit, Ehtimol, Yevropaning biror davlatla boʻlib oʻtadi, lekin uning vaqti va manizla hozircha aniq emas.
“Asosiy masala - ushbu oliy darajadagi uchrashuvni qanday tayyorlashda. Rossiya va AQSH kabi dunyo xavfsizligida global javobgarlik burchiga ega boʻlgan ikki davlatlar soʻnggi vaqtlarda ulkan miqdordagi hal qilib boʻlmaydigan muammolarga duch kelmoqda. Shu sababli ushbu uchrashuvni tayyorlash ulkan javobgarlikni talab etadi”, - degan edi bu borada Rossiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Sergey Ryabkov.
Toplivnыe rezervuarы kompanii Colonial Pipeline v aeroportu goroda Sharlott, SSHA benzin kompaniyasi
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.05.2021
Kolumnistlar
Amerikaliklarning benzinga puli yetmayapti: aybdor ruslar
May oyining oʻrtalarida shundoq ham yaxshi boʻlmagan vaziyat AQShning Colonial Pipeline neft quvuriga xakerlar hujumidan soʻng yanada negativ tus oldi. “Bizning razvedkamiz hozircha Moskvaning aloqadorligini tasdiqlovchi dalillarga ega emas, lekin xakerlar foydalangan zararli-dastur Rossiyada joylashgan”, — deb izoh bergan edi Bayden. U ushbu masalani ham Putin bilan muhokama qilishni rejalashtirganini ham aytgan edi.
“Bu safar amerikaliklarning bayonoti “ancha yumshoq” eshtildi. Bu esa, oʻz navbatida, ularning Rossiya bilan hamkorlik qilish istagi borligini anglatadi. Lekin ikki davlatning siyosiy tuzimlari turlicha boʻlgani uchun Moskva va Vashington “aralashish” soʻzini turlicha tushunishadi”, - degan edi Rossiyaning xalqaro ishlar boʻyicha Kengashi direktori Andrey Kortunov.
Eslatib oʻtamiz, 2013 yilda Barak Obama va Vladimir Putin axborot texnologiyalari sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga kelishib olishgan edi. Moskva va Vashington axborot almashish uchun ikki tomonlama hamkorlik mexanizmlarini yaratishgan edi. G20 davlatlari uchrashuvida Tramp Putinga kiberxavfsizlik masalalari boʻyicha ikki tomonlama ekspertlar guruhi tashkil qilishni taklif qilgan edi, lekin Vashingtonga qaytganidan soʻng u fikridan qaytdi. Shundan soʻng ushbu sohada ikki tomonlama hamkorlik butunlay toʻxtatildi.

Tutash nuqtalar

AQShning yangi maʼmuriyati Rossiya bilan munosabatlarda muvozanat saqlashga urinmoqda. Ular bir tomondan oʻz saylovchilariga Moskvani jazolayotganlarini namoyish qlishlari kerak. Ikkinchi tomondan esa – aloqalarni butunlay toʻxtatib qoʻishning iloji yoʻq.
“Biz ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishimiz kerak, chunki faqat xavfsizlik va qurol-aslaha sohalaridagi munosabatlar - boshi berk koʻchaga kirib qoldi. Global muammolar borligi aniq. Bular pandemiya, iqlim, xalqaro terrorchilik muammolari. Biz ana shu sohalarda hamkorlik qilishimiz kerak. Bir-birimizni mavjud boʻlmagan qoidalarni buzishda ayblamasdan, kiberxavfsizlikni ham birgalikda boshqarish kerak. Undan tashqari hududiy muammolar ham bor", — deydi Shimoliy Amerika izlanishlar markazi rahbari (IMEMO RAN) Viktoriya Juravleva.
Amerikanskiye soldatы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.05.2021
Analitika
AQSH Afgʻonistondagi bazalarini Markaziy Osiyo mamlakatlariga koʻchirishga umid qilmoqda
Hududiy muammolarni hal qilishda Rossiya va AQSH manfaatlari toʻqnashmasada , ular bir biri bilan tutashligi aniq. Lavrov va Blinken AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqish masalalarini muhokama qilishlari aniq, - deydi Andrey Kortunov.
AQSH Afgʻonistondan gʻalaba bilan ketayotgani yoʻq. Tolibon bir kun hukumatni qoʻlga kiritirishi aniq. Ushbu vaziyatda Rossiya AQShning obroʻyini saqlab qolishda yordam berishi mumkin.
Yanab bir masala – Suriya. Bu yerda qarama-qarshiliklar koʻp boʻlsa-da, AQSH va Rossiya harbiylari oʻzaro toʻqnashuvlarini oldini olish mumkin. Ayniqsa uchuvchilarning” – deydi mutaxassis.
Hozir Rossiya va AQSH hamkorlik qilishi mumkin boʻlgan sohalar nisbatan kam boʻlsa-da, yadroviy cheklab turish va strategik barqarorlikni qoʻllab-quvvatlash borasida oʻzaro muloqot davom etmoqda, - deydi IMEMO RAN ilmiy xodimi Ilya Kramnik.
Rossiya Arktik kengashda kelajak ikki yilda rasman rais boʻladi. Bu sohada esa Amerika bilan, texnik muammolarga qaramasdan, muloqot toʻxtovsiz davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala