Amerika bizning yondashuvni biladi: barqarorlik va qurollar masalasi muhokama qilinishi shart

© Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishMinistr inostrannix del RF Sergey Lavrov
Ministr inostrannix del RF Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.05.2021
Obuna bo‘lish
Lavrovning va Entoni Blinken bilan Reykyavikda bo‘lib o‘tadigan ilk uchrashuvi uchun Moskva AQSh Davlat Departamenti uchun nimalar tayyorlamoqda.
TOShKENT, 19-may — Sputnik, Kseniya Melnikova. Reykyavikda AQSh va Rossiya tashqi ishlar vazirlari ikki davlat orasidagi nizolarga qarmasdan, manfaatlari tutashuvchi nuqtalarni aniqlashi kerak. Bugungi vaziyatda Moskva va Vashington hamkorlik qilishi mumkin bo‘lgan qanday yo‘nalishlar bor.

35 yil o‘tib

“Stratgik barqarorlikka ta’sir qiladigan hamma narsa – yadroviy va noyadroviy qurollar, hujum va himoya vositalarining barchasi – muzokaralar stolida bo‘lishi kerak. Amerikaliklar bizning yondashuvni biladi”, - dedi Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Entoni Blinken bilan uchrashuvdan bir necha kun oldin.
Rossiya TIV rahbari amerikalik hamkasabasi bilan “professional suhbat” qilishga umid bildirmoqda. Xususan, Lavrov AQShning Rossiyaga, Rossiya manfaatlariga aloqador bo‘lgan muammolar borasida AQSh pozitsiyasiga aniqlik kiritilishiga umid bildirdi.
Islandiyada bo‘lib o‘tadigan Arktik kengashda 19-may kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuv Lavrov va Blinken uchun ilk uchrashuv bo‘ladi. Rasmiy uchrashuvdan tashqari diplomatlar yuzma-yuz uchrashish ehtimoli ham bor.
Toplivnie rezervuari kompanii Colonial Pipeline v aeroportu goroda Sharlott, SShA benzin kompaniyasi
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.05.2021
Ekspert: AQSh kiberxavfsizlik muzokaralarida ishtirok etishi - bu Rossiya muvaffaqiyati
Ma’lumot uchun, Reykyavik — o‘ziga xos ramzli joydir. Aynan ushbu joyda 35-yil oldin Sovet Ittfoqi rahbari Mixail Gorbachev Ronald Reygan bilan uchrashgan edi.
Moskvaning ham Vashingtonning ham bir biriga da’volari ko‘pligi tufayli bo‘lajak suhbat jiddiy ohanglarda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. AQSh yangi prezidenti Jo Bayden ilk matbuot anjumanida Vladimir Putinni “qotil” deb ataganidan so‘ng ikki davlat munosabatlari eng past nuqtaga tushgan edi. Shundan so‘ng Moskva AQShdagi elchisi Anatoliy Antonovni chaqirib olgan edi. Uning Vashingtonga qachon qaytishi hozircha noma’lum.
Rossiya TIVi AQShning bunday siyosatini boshi berk ko‘chaga kirib qolgan va “ma’nosiz” deb atagan edi. Undan so‘ng AQSh 10 nafar rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborgan edi. O‘shanda Blinken “Rossiya agressiv siyosatini davom ettirsa buning salbiy oqibatlari bo‘lishi mumkin” deb AQSh prezidentining so‘zlarini keltirgan edi.
Zdanie posolstva SShA v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.02.2021
Amerikalik diplomatlar "Sputnik V" vaksinasi bilan emlashni so‘rashdi
Oq uy ma’muriyati Rossiya-Ukraina chegarasidagi vaziyatdan xavtirga tushib “U yerda 2014-yildan buyon hech qayerda to‘planmagan miqdorda Rossiya qo‘shinlari jamlangan”, - degan edi NBC telekanaliga.
Taxminan o‘sha vaqtlarda Vashington Moskvaga qarshi yangi sanksiyalar kiritgan edi. Ular keng ko‘lamli bo‘lmasada, lekin sezilarli bo‘ldi. Amerikalik investorlarga Rossiya Markaziy banki, Moliya vazirligi va Milliy farovonlik fondi obligatsiyalarini sotib olish ta’qiqlandi. Undan tashqari 6ta texnologik kompaniyalar va bir necha fuqarolar ham turli bahonalar bilan AQSh sanksiyalari ostida qolishdi.
Ikki tomon hamkorligini tasdiqlovchi so‘nggi shartnoma – Ochiq osmon ostidagi shartnoma ham bkor qilindi. AQSh undan noyabr oyida chiqqan edi, Rossiya esa – keyinroq.

Uchrashuv umidlari

Uchrashuv doirasida o‘zaro umumiy nuqtalarini topish ehtimoli hali ham bor. Amerika tashabbusi bilan tashkil qilingan Putin va Bayden uchrashuvi arafasida ana shunday nuqtalar soni tobora oshib bormoqda. Sammit, Ehtimol, Yevropaning biror davlatla bo‘lib o‘tadi, lekin uning vaqti va manizla hozircha aniq emas.
“Asosiy masala - ushbu oliy darajadagi uchrashuvni qanday tayyorlashda. Rossiya va AQSh kabi dunyo xavfsizligida global javobgarlik burchiga ega bo‘lgan ikki davlatlar so‘nggi vaqtlarda ulkan miqdordagi hal qilib bo‘lmaydigan muammolarga duch kelmoqda. Shu sababli ushbu uchrashuvni tayyorlash ulkan javobgarlikni talab etadi”, - degan edi bu borada Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Rabkov.
Toplivnie rezervuari kompanii Colonial Pipeline v aeroportu goroda Sharlott, SShA benzin kompaniyasi
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2021
Amerikaliklarning benzinga puli yetmayapti: aybdor ruslar
May oyining o‘rtalarida shundoq ham yaxshi bo‘lmagan vaziyat AQShning Colonial Pipeline neft quvuriga xakerlar hujumidan so‘ng yanada negativ tus oldi. “Bizning razvedkamiz hozircha Moskvaning aloqadorligini tasdiqlovchi dalillarga ega emas, lekin xakerlar foydalangan zararli-dastur Rossiyada joylashgan”, — deb izoh bergan edi Bayden. U ushbu masalani ham Putin bilan muhokama qilishni rejalashtirganini ham aytgan edi.
“Bu safar amerikaliklarning bayonoti “ancha yumshoq” eshtildi. Bu esa, o‘z navbatida, ularning Rossiya bilan hamkorlik qilish istagi borligini anglatadi. Lekin ikki davlatning siyosiy tuzimlari turlicha bo‘lgani uchun Moskva va Vashington “aralashish” so‘zini turlicha tushunishadi”, - degan edi Rossiyaning xalqaro ishlar bo‘yicha Kengashi direktori Andrey Kortunov.
Eslatib o‘tamiz, 2013-yilda Barak Obama va Vladimir Putin axborot texnologiyalari sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olishgan edi. Moskva va Vashington axborot almashish uchun ikki tomonlama hamkorlik mexanizmlarini yaratishgan edi. G20 davlatlari uchrashuvida Tramp Putinga kiberxavfsizlik masalalari bo‘yicha ikki tomonlama ekspertlar guruhi tashkil qilishni taklif qilgan edi, lekin Vashingtonga qaytganidan so‘ng u fikridan qaytdi. Shundan so‘ng ushbu sohada ikki tomonlama hamkorlik butunlay to‘xtatildi.

Tutash nuqtalar

AQShning yangi ma’muriyati Rossiya bilan munosabatlarda muvozanat saqlashga urinmoqda. Ular bir tomondan o‘z saylovchilariga Moskvani jazolayotganlarini namoyish qlishlari kerak. Ikkinchi tomondan esa – aloqalarni butunlay to‘xtatib qo‘ishning iloji yo‘q.
“Biz ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishimiz kerak, chunki faqat xavfsizlik va qurol-aslaha sohalaridagi munosabatlar - boshi berk ko‘chaga kirib qoldi. Global muammolar borligi aniq. Bular pandemiya, iqlim, xalqaro terrorchilik muammolari. Biz ana shu sohalarda hamkorlik qilishimiz kerak. Bir-birimizni mavjud bo‘lmagan qoidalarni buzishda ayblamasdan, kiberxavfsizlikni ham birgalikda boshqarish kerak. Undan tashqari hududiy muammolar ham bor", — deydi Shimoliy Amerika izlanishlar markazi rahbari (IMEMO RAN) Viktoriya Juravleva.
Amerikanskie soldati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.05.2021
AQSh Afg‘onistondagi bazalarini Markaziy Osiyo mamlakatlariga ko‘chirishga umid qilmoqda
Hududiy muammolarni hal qilishda Rossiya va AQSh manfaatlari to‘qnashmasada , ular bir biri bilan tutashligi aniq. Lavrov va Blinken AQSh qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqish masalalarini muhokama qilishlari aniq, - deydi Andrey Kortunov.
AQSh Afg‘onistondan g‘alaba bilan ketayotgani yo‘q. Tolibon bir kun hukumatni qo‘lga kiritirishi aniq. Ushbu vaziyatda Rossiya AQShning obro‘yini saqlab qolishda yordam berishi mumkin.
Yanab bir masala – Suriya. Bu yerda qarama-qarshiliklar ko‘p bo‘lsa-da, AQSh va Rossiya harbiylari o‘zaro to‘qnashuvlarini oldini olish mumkin. Ayniqsa uchuvchilarning” – deydi mutaxassis.
Hozir Rossiya va AQSh hamkorlik qilishi mumkin bo‘lgan sohalar nisbatan kam bo‘lsa-da, yadroviy cheklab turish va strategik barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida o‘zaro muloqot davom etmoqda, - deydi IMEMO RAN ilmiy xodimi Ilya Kramnik.
Rossiya Arktik kengashda kelajak ikki yilda rasman rais bo‘ladi. Bu sohada esa Amerika bilan, texnik muammolarga qaramasdan, muloqot to‘xtovsiz davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0