Hodisalar

Andijonda Motamsaro ona haykali quchogʻiga yotib olgan fuqaro 15 sutkaga qamaldi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Fotobankka oʻtishRabota vnevedomstvennoy oxranы moskovskoy politsii
Rabota vnevedomstvennoy oxranы moskovskoy politsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.05.2021
37 yoshli Zafarbek Kimsanov mayda bezorilik sodir etganlikda aybdor deb topilgan.
TOSHKENT, 19 may — Sputnik. Andijonda shahar markazidagi Motamsaro ona haykali yonida nojoʻya harakatlar qilib, uning quchogʻiga yotib olgan fuqaroga chora koʻrildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Sud 37 yoshli Zafarbek Kimsanovni Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan aybdor deb topgan. Huquqbuzarga 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.
Fuqaro qilgan ishi uchun uzr soʻradi va bunday xatti-harakatlarni takrorlamaslikka vaʼda berdi.
Qayd etish joizki, 3 nafar farzandi bor ushbu Tiktok “yulduzi” joriy yil yanvarida ham huquq-tartibot organlarining eʼtiboriga tushgan edi. Oʻshanda u goʻyoki Andijon bekatidan Oxunboboyev bekati tomonga harakatlanib kelayotgan teplovoz ostiga yotib olganini videoga olgan edi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Samarqandda Alisher Navoiy haykali oldida nooʻrin harakatlar sodir etgan yigit 15 sutkaga qamalgani xabar qilingan edi. Bundan tashqari, Alisher Navoiy haykali oyogʻiga tupurgan yigitga ham chora koʻrilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala