Andijonda Motamsaro ona haykali quchog‘iga yotib olgan fuqaro 15 sutkaga qamaldi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishRabota vnevedomstvennoy oxrani moskovskoy politsii
Rabota vnevedomstvennoy oxrani moskovskoy politsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.05.2021
Obuna bo‘lish
37 yoshli Zafarbek Kimsanov mayda bezorilik sodir etganlikda aybdor deb topilgan.
TOShKENT, 19-may — Sputnik. Andijonda shahar markazidagi Motamsaro ona haykali yonida nojo‘ya harakatlar qilib, uning quchog‘iga yotib olgan fuqaroga chora ko‘rildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Sud 37 yoshli Zafarbek Kimsanovni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan aybdor deb topgan. Huquqbuzarga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Fuqaro qilgan ishi uchun uzr so‘radi va bunday xatti-harakatlarni takrorlamaslikka va’da berdi.
Qayd etish joizki, 3 nafar farzandi bor ushbu Tiktok “yulduzi” joriy yil yanvarida ham huquq-tartibot organlarining e’tiboriga tushgan edi. O‘shanda u go‘yoki Andijon bekatidan Oxunboboyev bekati tomonga harakatlanib kelayotgan teplovoz ostiga yotib olganini videoga olgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda Alisher Navoiy haykali oldida noo‘rin harakatlar sodir etgan yigit 15 sutkaga qamalgani xabar qilingan edi. Bundan tashqari, Alisher Navoiy haykali oyog‘iga tupurgan yigitga ham chora ko‘rilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0