Jamiyat

Kovid: 12ta hududda yangi holatlar, vafot etganlar soni oshdi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Fotobankka oʻtishRabota kovid-gospitalya
Rabota kovid-gospitalya  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.05.2021
Oʻzbekistonda yana 212 kishida koronavirus aniqlandi, respublika boʻylab koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 97 280 nafarni tashkil qilmoqda.
TOSHKENT, 18 may — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.
Yana 212 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 97 280 nafarni tashkil qilmoqda.
Sputnik Oʻzbekiston Telegram kanali – obuna boʻling, oʻqing, izoh qoldiring!>>
Yangi holatlar: Qoraqalpogʻiston Respublikasida (4), Andijon viloyatida (3), Buxoro viloyatida (4), Jizzax viloyatida (9), Qashqadaryo viloyatida (3), Navoiy viloyatida (2), Namangan viloyatida (3), Samarqand viloyatida (29), Sirdaryo viloyatida (4), Surxondaryo viloyatida (1), Toshkent viloyatida (37), Toshkent shahrida (113) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Vrach-laborant - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.05.2021
Jamiyat
Toshkentda bachadon boʻyni rakiga skrining tekshiruvlari davom etmoqda

Sogʻayish koʻrsatkichi

Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 92 840 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 95 foiz.
Ayni paytda 3 766 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Vaktsinatsiya

Respublikada jami 1 412 312 doza vaktsinadan foydalanildi.
Ulardan: 1-bosqich emlanganlar 1 125 995 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 286 317 nafarni tashkil qildi.

Oʻlim holatlari

Koronavirusga chalingan 2 nafar bemor vafot etdi, Oʻzbekistonda jami 674 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 164,2 milliondan oshdi, 3,4 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng koʻp holatlar AQShda (32,9 mln), Hindistonda (25,4 mln), Braziliyada (15,7 mln).
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala