“Mergan” va “Desantchi vzvodi”: o‘zbek harbiylari ilk bor "ArMI" 8ta musobaqasida qatnashadi

© Press-slujba Minoboroni RUUzbekskie snayperi gotovatsya k igram “ArMI-2019”
Uzbekskie snayperi gotovatsya k igram “ArMI-2019” - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.05.2021
Obuna bo‘lish
“ArMI-2021” armiya xalqaro o‘yinlarida O‘zbekiston harbiylari 24 ta yo‘nalishidagi musobaqalarda ishtirok etadi
TOShKENT, 19-may — Sputnik. “ArMI-2021” armiya xalqaro o‘yinlarida O‘zbekiston harbiylari 24 ta yo‘nalishidagi musobaqalarda ishtirok etadi, deb xabar qildi respublika mudofaa vazirligi matbuot xizmati.
Bu yil o‘zbekistonliklar ilk bor 8 ta - “Ishonchli qabul”, “Desantchi vzvodi”, “Armiya madaniyati”, “Qutb yulduzi”, “Muhandis formulasi”, “Armiya taktik o‘qchisi”, “Professional mergan”, “Sayan yurishi” musobaqalarida qatnashadi. Bellashuvlar Rossiya va Belarus hududida bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston hududida 2ta: ketma-ket uchinchi yil "Harbiy tibbiyot estafeti" va birinchi marta - "Dala oshxonasi" bo‘lib o‘tadi.
Pobediteli Tankovogo biatlona ArMI-2019 (vtoroy divizion) sbornaya Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.12.2020
O‘zbekiston o‘yinda: ArMI-2021 qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi
2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi jamoasi 16ta yo‘nalishdagi musobaqalarda ishtirok etib, 14ta sovrinli o‘rinlarni egalladi va yakunda 32ta davlat o‘rtasida faxrli 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi.
Musobaqalar davomida 37 ta rekord o‘rnatilib, ulardan 9 tasini respublika jamoasi a’zolari qayd etishdi.
Yangiliklar lentasi
0