Analitika

Oʻrningdan tur va joʻna: Manija “Yevrovideniye” finalida

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishPevitsa Manija (Rossiya) na repetitsii pervogo polufinala konkursa pesni "Yevrovideniye-2021" v Rotterdame
Pevitsa Manija (Rossiya) na repetitsii pervogo polufinala konkursa pesni Yevrovideniye-2021 v Rotterdame - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.05.2021
Seshanba kuni “Eurovision” musiqiy tanlovining yarim finalidan biri boʻlib oʻtdi. Uning natijalariga koʻra ilk oʻn nafar ishtirokchi finalga yoʻl oldi.
TOSHKENT, 19 may — Sputnik. Aleksey Smirnov. Agar 18 may kuni kechqurun tasodifan Birinchi kanalni (Pervыy kanal) qoʻyib, baland poshnali poyabzal kiygan erkak, sochi mayda oʻrilgan kokoshnik taqqan afroamerikalik va koʻkragida diskorshar boʻlgan odamni koʻrgan boʻlsangiz, tashvishlanmang, bu “Tiktok”dagi gʻalati roliklar jamlanmasi va Filipp Kirkorov tavallud kunidan reportaj emas – shunchaki Niderlandiyaning Rotterdam shahrida eng yorqin, hech narsaga oʻxshamaydigan Yevrovideniye-2021 musiqiy tanlovi boshlandi.
Ikki yil davomida millionlab kishilar Little Big guruhining “Uno” klipidagi Puxlyashni sevib ulgurgan, soʻngra rus ayoli haqidagi qoʻshiq tufayli bir-biri bilan janjallashgan azobli ikki yillik kutish nihoyat oʻz yakuniga yetdi va “Rotterdam Ahoy” arenasi yaqin haftada nafaqat Yevropaning, balki butun dunyoning musiqiy markazi boʻldi.
Bu musiqiy-siyosiy jinlar bazmining barcha shinavandalari uchun fursat yetdi va “Yevrovideniye” boshlandi.

Yorqin kishilar

Seshanba, 18 may kuni “Eurovision” musiqiy tanlovining yarim finalidan biri boʻlib oʻtdi. Uning natijalariga koʻra ilk oʻn nafar ishtirokchi finalga yoʻl oldi.
Har qachongidek “Yevrovideniye”da mutlaqo ajoyib, keng koʻlamli stsenografiya va ulkan telekartinka bor. Har yerda katta-katta ekranlar, hamma narsa porlaydi, rang-barang jilolaydi. 3D-proyektsiyalar hayratga soladi, tanlov qatnashchilarining video bezaklar bilan chiqishini sal boʻlmasa mustaqil telesanʼat deb atash mumkin.
Hatto “Yevrovideniye” boshlovchilaridan biri, Nikkie de Jager, haqiqiy ulkan spetseffekt va ertak qahramoni boʻlib koʻrindi – bunday boʻygan “Taxtlar oʻyinidagi” Briyenna Tart havas qilgan boʻlardi.
Tanlov qatnashchilarining oʻzi ham “Yevrovideniye” boshlovchilari va tashkilotchilaridan hayratga solarli koʻrinishdan ortda qolishmadi.
Shimoliy Makedoniyadan boʻlgan Vasil chiqishi davomida eng tantanali vaqtda kiyimining tugmasini yechib, Rotterdam arenasi va unga yaqin boʻlgan mahallalarni yoritdi.
© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishPevets Vasil (Severnaya Makedoniya) na repetitsii pervogo polufinala konkursa pesni "Yevrovideniye-2021" v Rotterdame
Pevets Vasil (Severnaya Makedoniya) na repetitsii pervogo polufinala konkursa pesni Yevrovideniye-2021 v Rotterdame - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.05.2021
Pevets Vasil (Severnaya Makedoniya) na repetitsii pervogo polufinala konkursa pesni "Yevrovideniye-2021" v Rotterdame
Irlandiyalik qoʻshiqchi Lesley Roy esa chiqishi davom etgan uch daqiqa mobaynida karton oʻrmon boʻylab yugurdi va qogʻozli koʻchalar boʻylab sayr qildi. Yoʻl-yoʻlakay goh Dublin korrektorlari tizimiga, goh Rotterdam dudburonlariga moʻraladi.
Biroq na Vasil, na Lesley Roy, yorqin chiqishi va ajoyib qoʻshiqlariga qaramasdan, afsuski, tanlov finaliga yoʻl oldi.

Poʻlat qanday toblandi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishPevitsa Manija so svoyey komandoy vo vremya probejki
Pevitsa Manija so svoyey komandoy vo vremya probejki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.05.2021
Pevitsa Manija so svoyey komandoy vo vremya probejki
“Yevrovideniye”ning birinchi yarim final kechasi rossiyalik musiqa shaydolari uchun aniq horgʻinli boʻlmadi – bu tanlovda Rossiya sharafini “Russian woman” (“Rus ayoli”) qoʻshigʻi bilan himoya qilayotgan qoʻshiqchi Manija uchinchi raqam ostida sahnaga chiqdi, bu esa hayajon va kechinmalar efir boshidayoq ortda qolganini anglatadi.
Manija ham sahnada koʻchma mexanizm va eshikli ulkan qoʻgʻirchoq shaklida paydo boʻldi va uning ichidan chaqqonlik bilan sakrab chiqib, kuylashni davom etdi.
© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishPevitsa Manija (Rossiya)
Pevitsa Manija (Rossiya) - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.05.2021
Pevitsa Manija (Rossiya)
Umuman olganda Manijaning chiqishi mantiqqa zid ravishda boʻlib koʻrindi. Hamma narsadan birdaniga shaqildoq qorishma boʻldi. Bu yerda ham folkor yangrashi, ham ekranlardagi video qatorda ijtimoiy tolerantga havola, ham xor, ham raqs bor edi.
Ijobiy tomonlaridan - rus ayollarimizning kayfiyati, jasurligi va shijoatligi.
Manija aniq qoʻrqoq xonimlardan emas va poʻlat feʼl-atvorga ega. U buni jonli efirning deyarli jangovar sharoitida va koʻp millionli muxlislarning diqqat bilan qarab turishida oʻynab va oʻylab namoyon etoldi – ovozi titramadi, tizzalari qaltiramadi: “oʻrningdan tur va joʻna!”, oʻz qoʻshigʻida kuylagandek. Barakalla!
Oʻz mamlakatida yarim finalda muvaffaqiyatsizlikka uchrashi aytilgan va xeyterlar hujumiga uchragan Manijamiz Yevropaga maʼqul keldi va u “Yevrovideniye” finaliga yoʻl oldi.

Farishta va jinlar

Bu tanlovga tez-tez hamkrohlik qiladigan koʻngilsizlik, gʻalati janjallar boʻlmaganda, “Yevrovideniye” “Yevrovideniye” boʻlmagan boʻlardi.
U oʻz uslubida boshlandi: birinchi boʻlib yuqori poshnali poyabzal kiygan Litvadan boʻlgan guruh solisti chiqish qildi. Va asabi boʻsh tolerant boʻlmagan tomoshabinlarning bir muddatga ekran qarshidan ketgani yaxshiroqligi ayon boʻldi.
Sal oʻtib shvetsiyalik qoʻshiqchi sahnada paydo boʻldi, u ham oʻzining tashqi koʻrinishi bilan, hoynahoy, Rossiyaning shartli olislaridan boʻlgan keksa avlodni esankiratib qoʻydi.
Biroq “Yevrovideniye” birinchi yarim finalining asosiy mavzusi ajablanarli tarzda sal boʻlmasa nodiniy va afsonaviy yorugʻlik va zulmat, yaxshilik va yomonlik, yovuz jodugar ayollar va goʻzal malikalar qarama-qarshiligi boʻldi.
Birinchi hamd-sanoni Sloveniyadan boʻlgan artist ilhom bilan kuyladi, bunga javoban kiprlik goʻzalning iblis haqidagi qoʻshigʻi jarang sochdi.
Sloveniyalik qoʻshiqchiga qulagan farishta koʻrinishidagi Norvegiya vakili yordamga shoshildi. Rostini aytsak, u oʻzining poʻstini va yaltiroq kostyumi bilan koʻproq qish uyqusidan uygʻongan Qorqizga oʻxshardi.
Farishta Qorqiz, afsuski, Sloveniyaning “Alliluyya”siga finalga oʻtishiga yordam berolmadi. Iblisona goʻzal boʻlgan kiprlik “Yevrovideniye” uchun mantiqli zulmatning yorugʻlik ustidan gʻalabasini nishonladi.
Bu farishta va jinlar oʻrtasidagi ayovsiz kurashda suyuqoyoq Mata Hari haqidagi qoʻshiq bilan ozarbayjonlik qoʻshiqchi va jodugar Malefisentfga oʻxshash ukrainalik guruh ham koʻzga tashlandi.
Har ikkisi ham, aytgancha, ozarboyjonlik qoʻshiqchi ham, ukrainalik “Malefisenta” ham finalga yoʻl olib, Norvegiya, Isroil, Rossiya, Malta, Litva, Kipr, Shvetsiya va Belgiya vakillaridan qatoridan oʻrin oldi.
Maltani alohida qayd etish darkor. Uning vakili hozir ommabop boʻlgan yoʻnalish bodopozitivda “Yoʻldan qoching, ozgʻinlar – bugun doʻndiqlar dunyoda hukronlik qilmoqda!”.
Shuningdek, oʻziga tortadigan va oʻziga ishonadigan Manijasi bilan Rossiya, taʼsirli koʻzlarini pirpiratadigan farishta bilan Norvegiyani, million sadolar qoʻshigʻi bilan (2015 yilda Polina Gagarina kuylagan qoʻshiqqa oʻxshaydi) Shvetsiyani va tanlovdagi eng yuqori notada qoʻshiq kuylay olishini iddao qilayotgan qoratanli qiziqqon qoʻshiqchi bilan Isroilni qayd etmaslikning iloji yoʻq.
Kimning ibodati, afsuni, shiori va hokazo argumentlari musiqiy tanlovda gʻalaba uchun oʻta jozibali va ishonchli boʻlishi tez orada maʼlum boʻladi – “Yevrovideniye” finali shanba, 22 may kuni boʻlib oʻtadi.
Manba: RIA Novosti.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala