O‘rningdan tur va jo‘na: Manija “Yevrovidenie” finalida

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishPevitsa Manija (Rossiya) na repetitsii pervogo polufinala konkursa pesni "Yevrovidenie-2021" v Rotterdame
Pevitsa Manija (Rossiya) na repetitsii pervogo polufinala konkursa pesni Yevrovidenie-2021 v Rotterdame - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.05.2021
Obuna bo‘lish
Seshanba kuni “Eurovision” musiqiy tanlovining yarim finalidan biri bo‘lib o‘tdi. Uning natijalariga ko‘ra ilk o‘n nafar ishtirokchi finalga yo‘l oldi.
TOShKENT, 19-may — Sputnik. Aleksey Smirnov. Agar 18-may kuni kechqurun tasodifan Birinchi kanalni (Perviy kanal) qo‘yib, baland poshnali poyabzal kiygan erkak, sochi mayda o‘rilgan kokoshnik taqqan afroamerikalik va ko‘kragida diskorshar bo‘lgan odamni ko‘rgan bo‘lsangiz, tashvishlanmang, bu “Tiktok”dagi g‘alati roliklar jamlanmasi va Filipp Kirkorov tavallud kunidan reportaj emas – shunchaki Niderlandiyaning Rotterdam shahrida eng yorqin, hech narsaga o‘xshamaydigan Yevrovidenie-2021 musiqiy tanlovi boshlandi.
Ikki yil davomida millionlab kishilar Little Big guruhining “Uno” klipidagi Puxlyashni sevib ulgurgan, so‘ngra rus ayoli haqidagi qo‘shiq tufayli bir-biri bilan janjallashgan azobli ikki yillik kutish nihoyat o‘z yakuniga yetdi va “Rotterdam Ahoy” arenasi yaqin haftada nafaqat Yevropaning, balki butun dunyoning musiqiy markazi bo‘ldi.
Bu musiqiy-siyosiy jinlar bazmining barcha shinavandalari uchun fursat yetdi va “Yevrovidenie” boshlandi.

Yorqin kishilar

Seshanba, 18-may kuni “Eurovision” musiqiy tanlovining yarim finalidan biri bo‘lib o‘tdi. Uning natijalariga ko‘ra ilk o‘n nafar ishtirokchi finalga yo‘l oldi.
Har qachongidek “Yevrovideniye”da mutlaqo ajoyib, keng ko‘lamli ssenografiya va ulkan telekartinka bor. Har yerda katta-katta ekranlar, hamma narsa porlaydi, rang-barang jilolaydi. 3D-proyeksiyalar hayratga soladi, tanlov qatnashchilarining video bezaklar bilan chiqishini sal bo‘lmasa mustaqil telesan’at deb atash mumkin.
Hatto “Yevrovidenie” boshlovchilaridan biri, Nikkie de Jager, haqiqiy ulkan spetseffekt va ertak qahramoni bo‘lib ko‘rindi – bunday bo‘ygan “Taxtlar o‘yinidagi” Briyenna Tart havas qilgan bo‘lardi.
Tanlov qatnashchilarining o‘zi ham “Yevrovidenie” boshlovchilari va tashkilotchilaridan hayratga solarli ko‘rinishdan ortda qolishmadi.
Shimoliy Makedoniyadan bo‘lgan Vasil chiqishi davomida eng tantanali vaqtda kiyimining tugmasini yechib, Rotterdam arenasi va unga yaqin bo‘lgan mahallalarni yoritdi.
© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishPeves Vasil (Severnaya Makedoniya) na repetitsii pervogo polufinala konkursa pesni "Yevrovidenie-2021" v Rotterdame
Peves Vasil (Severnaya Makedoniya) na repetitsii pervogo polufinala konkursa pesni Yevrovidenie-2021 v Rotterdame - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.05.2021
Peves Vasil (Severnaya Makedoniya) na repetitsii pervogo polufinala konkursa pesni "Yevrovidenie-2021" v Rotterdame
Irlandiyalik qo‘shiqchi Lesley Roy esa chiqishi davom etgan uch daqiqa mobaynida karton o‘rmon bo‘ylab yugurdi va qog‘ozli ko‘chalar bo‘ylab sayr qildi. Yo‘l-yo‘lakay goh Dublin korrektorlari tizimiga, goh Rotterdam dudburonlariga mo‘raladi.
Biroq na Vasil, na Lesley Roy, yorqin chiqishi va ajoyib qo‘shiqlariga qaramasdan, afsuski, tanlov finaliga yo‘l oldi.

Po‘lat qanday toblandi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishPevitsa Manija so svoyey komandoy vo vremya probejki
Pevitsa Manija so svoyey komandoy vo vremya probejki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.05.2021
Pevitsa Manija so svoyey komandoy vo vremya probejki
“Yevrovideniye”ning birinchi yarim final kechasi rossiyalik musiqa shaydolari uchun aniq horg‘inli bo‘lmadi – bu tanlovda Rossiya sharafini “Russian woman” (“Rus ayoli”) qo‘shig‘i bilan himoya qilayotgan qo‘shiqchi Manija uchinchi raqam ostida sahnaga chiqdi, bu esa hayajon va kechinmalar efir boshidayoq ortda qolganini anglatadi.
Manija ham sahnada ko‘chma mexanizm va eshikli ulkan qo‘g‘irchoq shaklida paydo bo‘ldi va uning ichidan chaqqonlik bilan sakrab chiqib, kuylashni davom etdi.
© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishPevitsa Manija (Rossiya)
Pevitsa Manija (Rossiya) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.05.2021
Pevitsa Manija (Rossiya)
Umuman olganda Manijaning chiqishi mantiqqa zid ravishda bo‘lib ko‘rindi. Hamma narsadan birdaniga shaqildoq qorishma bo‘ldi. Bu yerda ham folkor yangrashi, ham ekranlardagi video qatorda ijtimoiy tolerantga havola, ham xor, ham raqs bor edi.
Ijobiy tomonlaridan - rus ayollarimizning kayfiyati, jasurligi va shijoatligi.
Manija aniq qo‘rqoq xonimlardan emas va po‘lat fe’l-atvorga ega. U buni jonli efirning deyarli jangovar sharoitida va ko‘p millionli muxlislarning diqqat bilan qarab turishida o‘ynab va o‘ylab namoyon etoldi – ovozi titramadi, tizzalari qaltiramadi: “o‘rningdan tur va jo‘na!”, o‘z qo‘shig‘ida kuylagandek. Barakalla!
O‘z mamlakatida yarim finalda muvaffaqiyatsizlikka uchrashi aytilgan va xeyterlar hujumiga uchragan Manijamiz Yevropaga ma’qul keldi va u “Yevrovidenie” finaliga yo‘l oldi.

Farishta va jinlar

Bu tanlovga tez-tez hamkrohlik qiladigan ko‘ngilsizlik, g‘alati janjallar bo‘lmaganda, “Yevrovidenie” “Yevrovidenie” bo‘lmagan bo‘lardi.
U o‘z uslubida boshlandi: birinchi bo‘lib yuqori poshnali poyabzal kiygan Litvadan bo‘lgan guruh solisti chiqish qildi. Va asabi bo‘sh tolerant bo‘lmagan tomoshabinlarning bir muddatga ekran qarshidan ketgani yaxshiroqligi ayon bo‘ldi.
Sal o‘tib shvetsiyalik qo‘shiqchi sahnada paydo bo‘ldi, u ham o‘zining tashqi ko‘rinishi bilan, hoynahoy, Rossiyaning shartli olislaridan bo‘lgan keksa avlodni esankiratib qo‘ydi.
Biroq “Yevrovidenie” birinchi yarim finalining asosiy mavzusi ajablanarli tarzda sal bo‘lmasa nodiniy va afsonaviy yorug‘lik va zulmat, yaxshilik va yomonlik, yovuz jodugar ayollar va go‘zal malikalar qarama-qarshiligi bo‘ldi.
Birinchi hamd-sanoni Sloveniyadan bo‘lgan artist ilhom bilan kuyladi, bunga javoban kiprlik go‘zalning iblis haqidagi qo‘shig‘i jarang sochdi.
Sloveniyalik qo‘shiqchiga qulagan farishta ko‘rinishidagi Norvegiya vakili yordamga shoshildi. Rostini aytsak, u o‘zining po‘stini va yaltiroq kostumi bilan ko‘proq qish uyqusidan uyg‘ongan Qorqizga o‘xshardi.
Farishta Qorqiz, afsuski, Sloveniyaning “Alliluya”siga finalga o‘tishiga yordam berolmadi. Iblisona go‘zal bo‘lgan kiprlik “Yevrovidenie” uchun mantiqli zulmatning yorug‘lik ustidan g‘alabasini nishonladi.
Bu farishta va jinlar o‘rtasidagi ayovsiz kurashda suyuqoyoq Mata Hari haqidagi qo‘shiq bilan ozarbayjonlik qo‘shiqchi va jodugar Malefisentfga o‘xshash ukrainalik guruh ham ko‘zga tashlandi.
Har ikkisi ham, aytgancha, ozarboyjonlik qo‘shiqchi ham, ukrainalik “Malefisenta” ham finalga yo‘l olib, Norvegiya, Isroil, Rossiya, Malta, Litva, Kipr, Shvetsiya va Belgiya vakillaridan qatoridan o‘rin oldi.
Maltani alohida qayd etish darkor. Uning vakili hozir ommabop bo‘lgan yo‘nalish bodopozitivda “Yo‘ldan qoching, ozg‘inlar – bugun do‘ndiqlar dunyoda hukronlik qilmoqda!”.
Shuningdek, o‘ziga tortadigan va o‘ziga ishonadigan Manijasi bilan Rossiya, ta’sirli ko‘zlarini pirpiratadigan farishta bilan Norvegiyani, million sadolar qo‘shig‘i bilan (2015 yilda Polina Gagarina kuylagan qo‘shiqqa o‘xshaydi) Shvetsiyani va tanlovdagi eng yuqori notada qo‘shiq kuylay olishini iddao qilayotgan qoratanli qiziqqon qo‘shiqchi bilan Isroilni qayd etmaslikning iloji yo‘q.
Kimning ibodati, afsuni, shiori va hokazo argumentlari musiqiy tanlovda g‘alaba uchun o‘ta jozibali va ishonchli bo‘lishi tez orada ma’lum bo‘ladi – “Yevrovidenie” finali shanba, 22-may kuni bo‘lib o‘tadi.
Manba: RIA Novosti.
Yangiliklar lentasi
0