Migratsiya

Oʻzbekiston fuqarolarini olib chiqish uchun qoʻshimcha poyezd tashkil qilindi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVokzal "Tashkent-Yujnыy" posle rekonstruktsii
Vokzal Tashkent-Yujnыy posle rekonstruktsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.05.2021
Rossiya – Oʻzbekiston hukumatlari kelishuvi asosida “Voljskiy – Toshkent” yoʻnalishida maxsus poyezd tashkil qilindi.
TOSHKENT, 19 may — Sputnik. Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiyadan olib ketish uchun alohida poyezd tashkil etildi, deb xabar qilmoqda Rossiya Temir yoʻllari (RJD).
“Voljskiy – Toshkent” yoʻnalishida harakatlanuvchi 483 / 484 – sonli maxsus poyezd 28 may kuni soat 20:50 da Voljskiy stantsiyasidan joʻnaydi.
Ushbu poyezdga chipta harid qilish uchun Rossiyaning istalgan hududida temiryoʻl kassalariga murojaat qilish mumkin. Chipta xarid qilish uchun Oʻzbekiston fuqarosi pasporti talab qilinadi.
Chiptalarni shuningdek RDJ veb saytida yoki mobil ilovasida ham xarid qilish mumkin.
Oʻzbekiston fuqarolarini olib chiqish Rossiya – Oʻzbekiston hukumatlari kelishuvi asosida amalga oshirilmoqda. Ushbu poyezd Rossiya hududi boʻylab poyezd toʻxtamasdan harakatlanadi, deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala