Sport

Oʻzbekistonda paralimpiya harakati rivojlantiriladi

© AFP 2018 / PHILIP FONGParalimpiyets
Paralimpiyets - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.05.2021
Oʻzbekiston milliy paralimpiya assotsiatsiyasi negizida Milliy paralimpiya qoʻmitasi tashkil etildi.
TOSHKENT, 19 may — Sputnik. “Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Oʻzbekiston milliy paralimpiya assotsiatsiyasi negizida Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi hamda uning hududiy boʻlinmalari tashkil etildi.
Qarorga koʻra, quyidagilar tashkil etiladi:
- 2021 yil yakuniga qadar Paralimpiya qoʻmitasi huzurida paralimpiya sport turlari boʻyicha klublar;
- paralimpiya sport turlari bilan shugʻullanadigan trenerlar va uslubchi-yoʻriqchilar, koʻzi ojizlar, kar va zaif eshituvchilar, amputantlar bilan ishlovchi mutaxassislar (surdo, tiflo-surdo va xalqaro-surdo tarjimonlari) hamda boshqa kadrlarni tayyorlash maqsadida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Paralimpiya fakulteti;
- Paralimpiya qoʻmitasi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash instituti.
Gran-Pri v Dubaye: delegatsiya Uzbekistana zavershila turnir s 24 medalyami - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.02.2021
Sport
Oʻzbekistonlik paraatletikachilar Dubayda 24 ta medalni qoʻlga kiritdi
2021/2022 oʻquv yilidan Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, uning Nukus va Fargʻona filiallari hamda boshqa tegishli OTMlarda “Paralimpiya” kafedrasi, shuningdek, “Adaptiv sogʻlomlashtirish, jismoniy tarbiya va sport” magistratura mutaxassisligi ochiladi.
2022 yil 1 yanvardan:
Paralimpiya qoʻmitasi tavsiyasiga asosan olimpiya zaxiralari kollejlarining paralimpiya sport turlari boʻlimlariga yuborilayotgan jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan sportchilar uchun 5 foizgacha qoʻshimcha kvotalar ajratiladi;
davlat sport taʼlim muassasalarida paralimpiya sport turlari boʻyicha trenerlarning lavozim maoshini hisoblashda bazaviy tarif stavkalari bir yarim baravar miqdorda qoʻllaniladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand va Fargʻona viloyatlari hamda Toshkent shahrida Paralimpiya qoʻmitasi huzurida Paralimpiya sport markazlari tashkil etiladi.
Eslatib oʻtamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev yozgi Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik jarayoniga oid taqdimot bilan tanishib, tayyorgarlik holatini tanqid qilib, uni qoniqarsiz deb baholagan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala