Jamiyat

Prezident cogʻliqni saqlash sohasidagi vazifalarni 5 ta yoʻnalishda belgilab berdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.05.2021
Shavkat Mirziyoyev raqamlashtirish orqali sohada qogʻozbozlik, byurokratiya va korruptsiyani keskin qisqartirish zarurligini taʼkidladi.
TOSHKENT, 19 may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev sogʻliqni saqlash sohasidagi islohotlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazdi.
Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga koʻra, mamlakat sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish kontseptsiyasi asosida soha bosqichma-bosqich takomillashtirib kelinmoqda. Soʻnggi bir yilda tibbiy xizmat sifatini oshirishga qaratilgan 20 dan ortiq farmon va qarorlar qabul qilindi. Bu yil sohaga byudjetdan 21 trillion soʻm, yaʼni 2017 yilga nisbatan 3 baravar koʻp mablagʻ ajratildi.
Lekin, tizimda samaradorlik va aholiga qulayliklarni oshirish boʻyicha hali koʻp ish qilish kerak. Joylarda oʻtkazilgan soʻrovlarda bor-yoʻgʻi 13 foiz aholi tibbiyotdagi ijobiy oʻzgarishlarni sezayotganini aytgan.
Shavkat Mirziyoyev sohadagi vazifalarni 5 ta yoʻnalishda koʻrsatib oʻtdi.
Birinchisi – birlamchi tibbiyot boʻgʻinini kasallikni erta aniqlaydigan va davolaydigan tizimga aylantirish.
Ikkinchisi – ixtisoslashgan markazlar tomonidan joylarda tor doiradagi tibbiy xizmatlar hajmini oshirish va sifatini tubdan yaxshilash.
Uchinchisi – raqamlashtirish orqali sohada qogʻozbozlik, byurokratiya va korruptsiyani keskin qisqartirish.
Toʻrtinchisi – tibbiyotning barcha yoʻnalishlarida raqobatni rivojlantirish va xususiy sektor ishtirokini kengaytirish.
Beshinchisi – tibbiyot xodimlari bilimini oshirish, taʼlim va ilm-fanni rivojlantirish.
Yigʻilishda ushbu vazifalarni bajarishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala