Prezident cog‘liqni saqlash sohasidagi vazifalarni 5 ta yo‘nalishda belgilab berdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.05.2021
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev raqamlashtirish orqali sohada qog‘ozbozlik, burokratiya va korrupsiyani keskin qisqartirish zarurligini ta’kidladi.
TOShKENT, 19-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.
Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mamlakat sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi asosida soha bosqichma-bosqich takomillashtirib kelinmoqda. So‘nggi bir yilda tibbiy xizmat sifatini oshirishga qaratilgan 20 dan ortiq farmon va qarorlar qabul qilindi. Bu yil sohaga budjetdan 21 trillion so‘m, ya’ni 2017-yilga nisbatan 3 baravar ko‘p mablag‘ ajratildi.
Lekin, tizimda samaradorlik va aholiga qulayliklarni oshirish bo‘yicha hali ko‘p ish qilish kerak. Joylarda o‘tkazilgan so‘rovlarda bor-yo‘g‘i 13 foiz aholi tibbiyotdagi ijobiy o‘zgarishlarni sezayotganini aytgan.
Shavkat Mirziyoyev sohadagi vazifalarni 5 ta yo‘nalishda ko‘rsatib o‘tdi.
Birinchisi – birlamchi tibbiyot bo‘g‘inini kasallikni erta aniqlaydigan va davolaydigan tizimga aylantirish.
Ikkinchisi – ixtisoslashgan markazlar tomonidan joylarda tor doiradagi tibbiy xizmatlar hajmini oshirish va sifatini tubdan yaxshilash.
Uchinchisi – raqamlashtirish orqali sohada qog‘ozbozlik, burokratiya va korrupsiyani keskin qisqartirish.
To‘rtinchisi – tibbiyotning barcha yo‘nalishlarida raqobatni rivojlantirish va xususiy sektor ishtirokini kengaytirish.
Beshinchisi – tibbiyot xodimlari bilimini oshirish, ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish.
Yig‘ilishda ushbu vazifalarni bajarishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.
Yangiliklar lentasi
0