Migratsiya

Rossiyada 18 yil bedarak yoʻqolgan oʻzbekistonlik vatanga qaytarildi

© Agentstvo po vneshney trudovoy migratsii pri Minzanyatosti UzbekistanaPropavshiye bez vesti uzbekistantsы vernulis na rodinu
Propavshiye bez vesti uzbekistantsы vernulis na rodinu  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.05.2021
Asli Toshkent shahridan boʻlgan fuqaro 2003 yilda Rossiyaga ishlash maqsadida ketgan va maʼlum bir vaqtdan yaqinlari bilan aloqasi uzilgan.
TOSHKENT, 19 may — Sputnik. Rossiyada 18 yil bedarak yoʻqolgan fuqaro Oʻzbekistonga qaytarildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar qildi.
Maʼlum boʻlishicha, asli Toshkent shahridan boʻlgan fuqaro P.K. 2003 yilda Rossiyaga ishlash maqsadida ketadi. Maʼlum bir vaqtdan keyin salomatligi yomonlashib, insult boʻlishi natijasida yaqinlari bilan aloqasi uziladi.
Oradan 18 yil oʻtib, fuqaro Samara shahridan topilgan. Uning shaxsni tasdiqlovchi hujjatsiz, ishsiz, boshpanasiz koʻchada yashab yurganligi aniqlangan.
Okazavshiyesya v trudnoy situatsii uzbekistantsы vozvraщenы na rodinu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.05.2021
Migratsiya
Rossiya va Turkiyada qiyin ahvolda qolgan oʻzbekistonliklar vatanga qaytarildi
Shuningdek, yana bir surxondaryolik I.T. Samara shahrida sogʻligi yomonlashib, mehnatga layoqatsiz boʻlib qolgani va pasportining yoʻqolishi natijasida murakkab vaziyatga tushib qolgani haqida murojaat qilgan.
Ushbu fuqarolarga mamlakatning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan vatanga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirib, Xalqaro migratsiya tashkiloti bilan hamkorlikda Qozon-Toshkent aviareysi orqali Oʻzbekistonga qaytarildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala