Video

Saida Mirziyoyeva Tretyakov galereyasiga nodir asarlarni keltirdi – video

17 may kuni Moskvadagi Davlat Tretyakov galereyasida “Ivan Kudryashov. Rassom tavalludining 125 yilligiga” deb nomlangan koʻrgazma ochildi.
TOSHKENT, 19 may — Sputnik. Rossiya poytaxti Moskvadagi Krimskiy Val koʻchasida joylashgan Tretyakov galereyasida rassom-suprematist, Malevichning shogirdi Ivan Kudryashov asarlari koʻrgazmasi ochildi.
Musavvirning asarlari Rossiya, Frantsiya, Gretsiya va Oʻzbekiston tomonidan taqdim etilgan. Taʼkidlash lozimki, kartinalarning aksariyati I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat sanʼat muzeyi tomonidan taqdim etildi.
“Ivan Kudryashov tavalludining 125 yilligiga” bagʻishlangan koʻrgazma Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Oʻzbekiston tomonidan bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimov va Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyatni va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi kengashi raisining oʻrinbosari Saida Mirziyoyeva ishtirok etib, nutq soʻzladi.
“Igor Savitskiy saʼy-harakatlari bilan bu asarlar uning muzeyidagi jamgʻarmada saqlangan. Ular 50 yil zaxiralarda yotgan, faqat 2017 yilda Tretyakov galereyasi mutaxassislari bu ekspozitsiyalarga qiziqish bildirib, Ivan Kudryashovning mana shunday shaxsiy koʻrgazmasini oʻtkazish istagini bildirishdi”, - dedi Mirziyoyeva koʻrgazmaning ochilish marosimida.
Uning taʼkidlashicha, mazkur koʻrgazma Nukus muzeyining jahon miqyosida shuhrat qozonish yoʻlidagi zafarli yurishini boshlab beradi, uning noyob kollektsiyalarini ommalashtirishga hamda Oʻzbekiston, Qoraqalpogʻiston nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Ivan Kudryashov (1896-1972) — rassom, grafik artist, suprematist, oʻtgan asr sanʼatida kosmizmning eng yirik vakili, abstrakt sanʼatda oʻz yoʻnalishining asoschisi, pedagog.
Koʻrgazma rassomning suratlari, grafikalari, stenografik asarlari, shuningdek, arxiv materiallarini oʻz ichiga olgan bir nechta boʻlimlardan iborat.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala