Jamiyat

Bosh prokuratura daxlsizlik huquqi bekor qilingan andijonlik deputat haqida maʼlumot berdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdaniye Generalnoy prokuraturы Uzbekistana
Zdaniye Generalnoy prokuraturы Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.05.2021
Ijtimoiy tarmoqlarda xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati daxlsizlik huquqidan mahrum qilinganligi haqida tarqalgan xabarlar jamoatchilik oʻrtasida keng muhokama qilinmoqda.
TOSHKENT, 20 may — Sputnik. Bosh prokuratura xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati prokuror taqdimnomasiga koʻra daxlsizlik huquqidan mahrum qilingani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
Bayonotda taʼkidlanishicha, Andijon shahar prokuraturasi 3 mart kuni “Alliance R.C.” MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 228 va 229-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish, oʻzboshimchalik) bilan jinoyat ishi ochgan va Andijon shahar IIO Tergov boʻlimiga yuborgan.
Aniqlanishicha, MCHJga Andijon shahar hokimining 2017 yil 15 iyuldagi qarori bilan Andijon shahar, Boʻston dahasi, U.Yusupov koʻchasida joylashgan 4 gektar yer maydoni koʻp qavatli aholi turar joy binolari, kottej tipidagi turar joylar, savdo va xizmat koʻrsatish shohobchalari, issiqxonalar, umumiy ovqatlanish va choyxona binolari qurish hamda mevali bogʻ yaratish uchun ajratilgan.
Biroq “Alliance R.C.” MCHJ mansabdor shaxslari yer va shaharsozlikka oid qonun va meʼyoriy hujjatlarning talablariga amal qilmasdan oʻzboshimchalik bilan qurilish ishlarini boshlagan.
Shu bilan birga, qurilish ishlarini loyihalash va ruxsatnomalar olish uchun asos hisoblangan “Arxitektura meʼmoriy rejalashtirish topshirigʻi”ni soxtalashtirib, qoʻshimcha ravishda yana 6 gektar yer maydonini qoʻshib olgan. Jami 10 gektar yer maydoniga qalbaki topografik chizma tayyorlashga erishgan.
Buning oqibatida mazkur 6 gektar yer maydoni doirasida shahar hokimining qarorlariga asosan yer uchastkalari ajratilgan tadbirkor hamda bir nechta fuqarolarning yerdan foydalanish huquqlari buzilgan.
Bundan tashqari, noqonuniy qurilish qilingan 0,36 gektar yer maydonlarini elektron auktsion savdolarida sotish imkoniyati yoʻqotilgan va davlat byudjetiga 190,8 mln soʻm miqdorda zarar yetkazilgan.
Vstrecha predstaviteley profsoyuza GNK s deputatom Rasulom Kusherbayevыm - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.05.2021
Jamiyat
Davlat soliq qoʻmitasi deputat Rasul Kusherbayev bilan sudlashmaydigan boʻldi
Tergovda “Alliance R.C.” MCHJning rahbari hisoblangan SH.K. xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati ekanligi aniqlangan.
Toʻplangan hujjatlarga koʻra, deputat SH.K.ni ayblash uchun asoslar yetarli deb topilgan va 6 may kuni shahar prokurori xalq deputatlari uni deputatlik maqomidan mahrum qilish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritgan.
Taqdimnoma 17 may kuni xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida koʻrib chiqilib, SH.K.ning deputatlik maqomi bekor qilingan.
Ish boʻyicha tergov harakatlarini har tomonlama, toʻla va xolisona oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida jinoyat ishi Izboskan tumani prokuraturasiga topshirilgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda xalq deputatlari Andijon shahar kengashining navbatdagi sessiyasida deputatlar tintuv qilingani, bir deputat daxlsizlik huquqidan mahrum qilingani haqidagi xabarlar tarqalgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala