Mehnat migrantlarini mahbuslar bilan almashtirish taklif etildi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishStroiteli, illyustrativnoe foto
Stroiteli, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.05.2021
Obuna bo‘lish
Rossiyada migrantlar ishlaydigan sohalarda mahkumlarni faolroq jalb qilish taklif qilindi.
TOShKENT, 20-may — Sputnik.RF Jazoni ijro etish federal xizmati (FSIN) direktori Aleksandr Kalashnikov Rossiyada migrantlar ishlaydigan sohalarda mahkumlarni faolroq jalb qilishni taklif qildi.
"Yaqinda Vladimir Vladimirovich Putin Markaziy Osiyo mintaqasi - O‘zbekiston, Tojikiston rahbarlari bilan uchrashdi. <...> Unda ishchi kuchi yetishmayotgan obyektlarga migrantlar oqimini yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilindi. Mana biz buni taqdim eta olamiz”, - dedi FSIN rahbari.
Unga ko‘ra, ayni paytda 188 mingga yaqin mahbus jazoni majburiy mehnatga almashtirishni so‘rash huquqiga ega.
"Bu GULAG bo‘lmaydi, bu mutlaqo yangi munosib sharoitlar bo‘ladi. Chunki bu kishi yotoqxona yashab, yoki kvartirani ijaraga olib mehnat qiladi, yoki ish beruvchi unga oilasi bilan yashash uchun sharoit yaratib beradi", - dedi Kalashnikov.
Bundan tashqari, unga munosib maosh beriladi.
FSIN rahbari har bir hududda bu masalani ko‘tarish kerakligini alohida ta’kidladi.
Ayni vaqtda Rossiyada 483 ming mahbus jazo o‘tamoqda. Ulardan 188 ming kishi jazoni majburiy mehnatga almashtirishni so‘rab murojaat qilish huquqiga ega.
Shu bilan birga Rossiyada MDH davlatlaridan kelgan noqonuniy mehnat migrantlar muammosi mavjud - so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ularning soni 500 mingdan oshadi, eng ko‘p (332 ming) o‘zbekistonliklar. Avvalroq Rossiya ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Gorovoy “agar migrantlar o‘z maqomlarini 15-iyunga qadar qonuniylashtirilmasa, Rossiyani tark etishlari kerak”, deb bayonot berdi.
Ko‘pchilik migrantlar migratsiya markazlariga murojaat qilishmoqda. Ayrim markazlarda hatto ulkan navbatlar yuzaga kelgan.
Sputnik O‘zbekiston Telegram kanali – obuna bo‘ling, o‘qing, izoh qoldiring!>>
Yangiliklar lentasi
0