Rossiya

Narishkin: AQSH Afgʻonistondan olib chiqayotgan armiyasini qoʻshni mamlakatlarda joylashtirmoqchi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishPredsedatel Gosudarstvennoy Dumы RF Sergey Narыshkin
Predsedatel Gosudarstvennoy Dumы RF Sergey Narыshkin  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.05.2021
AQSH Maʼmuriyati 1 maydan 11 sentyabrga qadar, ittifoqchilar bilan mufofiqlashtirilgan holda, Afgʻonistondan oʻz qoʻshinlarini olib chiqib ketishi kerak.
TOSHKENT, 20 may — Sputnik. Rossiya Tashqi razvedka xizmati (TRX) ixtiyorida boʻlgan maʼlumotga koʻra, AQSH Afgʻonistondan olib chiqilayotgan armiyasini qoʻshni mamlakatlarda joylashtirishni niyat qilgan. Bu haqida TRX rahbari Sergey Narыshkin maʼlum qildi.
Biroz oldin AQShning The Wall Street Journal nashri AQSH Afgʻonistondan olib chiqilayotgan qoʻshinlarini Oʻzbekiston va Tojikistonda joylashtirishi mumkin deb xabar qilgan edi. Lekin hozircha bu haqida shartnomaga erishilgani yoʻq.
Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi ushbu xabarga javoban “Oʻzbekiston hududida xorijiy harbiy bazalar joylashtirilishi mumkin emas” deb bayonot bergan edi.
Rossiya Tashqi razvedka xizmati rahbari jurnalistlarga maʼlum qilishiga koʻra, AQSH hukumati Afgʻonistondan oʻz qoʻshinlarini olib chiqsada, ushbu hudud ustida nazoratni saqlab qolishni istaydi. Shu sayubabli ham oʻz armiyasining hech boʻlmasa bir qismini qoʻshni respublikalar hududida joylashtirish niyati bor, dedi.
“Biz ana shunday harakatlar boʻlayotganini va ular davom etishini tushungan holda KXSHT aʼzolari va ittifoqdoshlarimiz bunga rozi boʻlmaydi deb umid qilamiz”, - dedi Narыshkin.
Eslatib oʻtamiz, 2001 – 2005 yillarda AQSH Qarshi shahri yaqinidagi “Xonobod” harbiy aerodromidan foydalangan edi. 2005 yilda Toshkent AQShdan harbiylarni olib chiqib ketishni talab qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala