Jamiyat

Nima uchun Qibraydagi qulupnay maydoni vayron qilindi?

Klubnika - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.05.2021
Ijtimoiy tarmoqlarda Qibray tumanida 9 gektar qulupnay maydoni buzilib, vayron qilingani haqidagi videolavha boʻyicha Qibray tumani hokimligi izoh berdi.
TOSHKENT, 20 may — Sputnik. Qibray tumani hokimligi 9 gektar qulupnay maydoni buzilib, vayron qilingani haqidagi videolavha boʻyicha izoh berdi.
Videolavhada koʻrsatilgan yer maydoni "Chinkeldi" MFY Yangiobod qishlogʻi M.Bexbudiy koʻchasida joylashgan "Saidvali hoji" fermer xoʻjaligiga tegishli boʻlib, jami 20,9 gektarlik maydonning 8 gektariga (videoda 9 gektar deyilgan) qulupnay ekilgan.
"Saidvali hoji" fermer xoʻjaligi yer maydonlaridan ekin ekib foydalanish uchun dehqonlar bilan oʻzaro ogʻzaki (hech qanday hujjatlar rasmiylashtirilmagan) kelishuvga asosan ikkilamchi ijaraga berilgan.
Fermer xoʻjaligining yer maydonlari davlat ehtiyojlari uchun olinganligi (oldindan ogohlantirish xatlari berilgan) munosabati bilan fermer xoʻjaligiga yetkazilgan zarar belgilangan tartibda qoplab beriladi.
Bu mablagʻlar fermer xoʻjaligi hisob raqamiga oʻtkazilgandan soʻng, fermer xoʻjaligi bilan ikkilamchi ijarada foydalanib kelgan dehqonlarga keltirilgan zararni qoplash "Saidvali hoji" fermer xoʻjaligi tomonidan amalga oshirilishi boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtirilgan.
Sputnik Oʻzbekiston Telegram kanali – obuna boʻling, oʻqing, izoh qoldiring!>>
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala