Nima uchun Qibraydagi qulupnay maydoni vayron qilindi?

Klubnika - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.05.2021
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqlarda Qibray tumanida 9 gektar qulupnay maydoni buzilib, vayron qilingani haqidagi videolavha bo‘yicha Qibray tumani hokimligi izoh berdi.
TOShKENT, 20-may — Sputnik. Qibray tumani hokimligi 9 gektar qulupnay maydoni buzilib, vayron qilingani haqidagi videolavha bo‘yicha izoh berdi.
Videolavhada ko‘rsatilgan yer maydoni "Chinkeldi" MFY Yangiobod qishlog‘i M.Bexbudiy ko‘chasida joylashgan "Saidvali hoji" fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lib, jami 20,9 gektarlik maydonning 8 gektariga (videoda 9 gektar deyilgan) qulupnay ekilgan.
"Saidvali hoji" fermer xo‘jaligi yer maydonlaridan ekin ekib foydalanish uchun dehqonlar bilan o‘zaro og‘zaki (hech qanday hujjatlar rasmiylashtirilmagan) kelishuvga asosan ikkilamchi ijaraga berilgan.
Fermer xo‘jaligining yer maydonlari davlat ehtiyojlari uchun olinganligi (oldindan ogohlantirish xatlari berilgan) munosabati bilan fermer xo‘jaligiga yetkazilgan zarar belgilangan tartibda qoplab beriladi.
Bu mablag‘lar fermer xo‘jaligi hisob raqamiga o‘tkazilgandan so‘ng, fermer xo‘jaligi bilan ikkilamchi ijarada foydalanib kelgan dehqonlarga keltirilgan zararni qoplash "Saidvali hoji" fermer xo‘jaligi tomonidan amalga oshirilishi bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilgan.
Sputnik O‘zbekiston Telegram kanali – obuna bo‘ling, o‘qing, izoh qoldiring!>>
Yangiliklar lentasi
0