“Oqim” keyinga qolsin. Baydenga Putin bilan uchrashuvda Germaniya kerak

© Sputnik / Dmitriy Lelchuk / Mediabankka o‘tishStroitelstvo gazoprovoda "Severniy potok-2" v Germanii
Stroitelstvo gazoprovoda Severniy potok-2 v Germanii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.05.2021
Obuna bo‘lish
Amerikaliklarning “Shimoliy oqim-2”ning nemis ishtirokchilariga qarshi yangi sanksiyalardan voz kechishi borasidagi xabar tarqaldi.
TOShKENT, 20-may — Sputnik. Putin va Bayden sammiti yaqinlashgani sari Vashington o‘ynalmagan “stavka”lardan bo‘yib tovlab, o‘zining muzokaralar pozitsiyasini mustahkamlashga urinmoqda. Yangi Amerika ma’muriyatining Rossiya bilan birinchi muloqoti arafasida – kecha Reykavikda bo‘lib o‘tgan Sergey Lavrovning AQSh davlat kotibi Entoni Blinken bilan muzokaralari – amerikaliklarning “Shimoliy oqim-2”ning nemis ishtirokchilariga qarshi yangi sanksiyalardan voz kechishi borasidagi ma’lumot sizdirildi.
Bu tasodifiy o‘xshashlik edi: Davlat departamentiningn kongressga yo‘llaydigan ma’ruzasi kutilayotgandi, unda gaz quvuri qurilishi va foylalanishiga aloqador barchani, jumladan, ShO-2 operatori - Nord Stream 2 AG nemis kompaniyasini jazolash zarurligi to‘g‘risida dekabr oyida qabul qilingan qaror qanday ijro etilayotgani xususida hisobot berilishi kerak edi. Birdan ma’lum bo‘ladiki, unga qarshi sanksiya bo‘lmaydi. Hatto bu haqdagi norasmiy sizdirilgan ma’lumotlar AQShda Bayden dushmanlarining g‘azabiga sabab bo‘ldi: qanday qilib, hamisha va har yerda ruslar va ularning hamtovoqlariga qarshi kurashishni va’da qilishgandi, buning o‘rniga esa...
Stroitelstvo gazoprovoda Severniy potok-2 v Germanii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.05.2021
Milliardlab yevroni ko‘kka sovurish. Oktabrgacha “Shimoliy oqim-2”ni qurib bitkazishadimi
“Demak, bir guruh ruslar quvurlarimizni to‘xtatib qo‘yishi mumkin, biz esa ularning quvur qurilishlariga xalal berolmaymiz”, - deya yozadi “National Review” yaqinda Amerikaning “Colonial Pipeline” quvuriga uyushtirilgan xakerlik hujumini nazarda tutgan holda. Hujumda darhol “rus izi” borligini uydirib chiqarishdi. Senator Ted Kruz esa umuman shunday dediki, “xolis aytadigan bo‘lsak, Bayden ma’muriyati hozirgi davr tarixidagi eng rusparast bo‘lib bormoqda”:
“Ajoyib. AQSh qonunlariga xilof ravishda Bayden Putinga quvurni qurishda ko‘maklashmoqda”.
Albatta, “ruslar” bu yerda Amerika ichidagi siyosiy kurash uchun vosita sifatida lozim, xolos. Respublikachi Kruz shunchaki to‘rt yil ichida Trampni “Kreml odami” deb ta’qib qilingani uchun demokratik ma’muriyatdan o‘ch olmoqda. Lekin demokratlar uchun ichki siyosiy mulohazalar o‘ta ahamiyatli emas. Yaqinda orada bo‘lib o‘tadigan yirik saylovlargacha bir yarim yil bor, Ishda Kremlni ayblashga ovora bo‘lmasa ham bo‘ladi. Boz ustiga hamma, jumladan, respublikachilar ham tushunishadi: Bayden yangi sanksiyalarni umuman Putinni ko‘nglini ovlash uchun emas, balki Berlin bilan munosabatlarini murakkablashtirmaslik uchun kiritish xohlamaydi.
Yangi sanksiyalar AQShning Rossiya bilan munosatlari jihatidan nimalarni bergan bo‘lardi? Hech nima. Amerikaliklar allaqachon “Shimoliy oqim-2”ni barbod qilish uchun hamma ehtimoliy dastaklarni ushlab chiqapti. Ammo ular faqat qurilishning cho‘zilishiga erishishdi. Lekin nemislarni undan foydalanish rejalaridan voz kechishga majbur qilisholmaydi. Agar Bayden Putin bilan uchrashish arafasida yangi saksiyalarni qo‘llaganda, Rossiya prezidenti hech ajablanmasdi. Biroq Germaniya Amerikaning uning manfaatlari va pozitsiyalari bilan hisoblashishni istamasligining navbatdagi dalilini olardi. Axir Vladimir Putin hamma vaqt aynan shu haqda gapirib kelyapti-ku.
Krutoy razvorot: Germaniya ugrojayet SShA sanksiyami v otvet na popitku ostanovit Severniy potok - 2 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2021
Germaniya “Shimoliy oqim-2” qurilishi tarafdori – Merkel
Shu bilan birga, yangi sanksiyalar Berlin pozitsiyasini o‘zgartirmagan bo‘lardi, aksincha, ular Amerika diktatiga qat’iy javob qaytirish zarurligini aytayotgan va Vashington talablariga bo‘ysinmayotganlarni kuchaytirgan bo‘lardi, xolos. Germaniyada amalda saylovoldi jarayonlari ketayotganini inobatga olgan holda, amerika sanksiyalari, aslida, Amerikaning favoritlariga qarshi o‘ynagan bo‘lardi.
“Yashillar” Amerikaning nemis kompaniyalariga qarshi sanksiyalarini qo‘llab-quvvatlay olmagan bo‘lishardi. “Shimoliy oqim-2”ga qarshi salbiy munosatda bo‘lishlariga qaramasdan bu millatga qarshi va yevropaga qarshi ko‘ringan bo‘lardi. Shunday ekan Vashington yangi sanksiyalari bilan o‘zining “yashil” tarafdorlarini Amerika aralashuvini qoralashga otlantirgan bo‘ladi. AQShga buning nima keragi bor? Ustiga ustak mamlakatda aholisning uchdan ikki qismi Rossiya bilan yaxshi munosabatlar tarafdori bo‘lgan joydagi saylovoldi vaziyat, AQSh tomonidan tahdidni ko‘rayotganlar soni esa allaqachon “ayyor Rossiya”dan hadiksirayotganlar sonidan oshgan.
Mana shuning uchun ham Bayden shunday oddiy bo‘lmagan davrda munosabatlarni keskinlashtirishni istamaydi. Aksincha, o‘zining iyundagi Yevropaga safari chog‘ida barchaga (amerikaliklarga ham, yevropaliklarga ham, Rossiyaga ham) atlantik birdamlik qayta tiklangani, Amerika va Yevropa yana birga ekanini namoyish etmoqchi. Jumladan, Moskvaga qarama-qarshilikda ham, global masalalar yuzasidan ham, Ukraina kabi eng muhim mavzular yuzasidan ham.
Prezident SShA Djo Bayden - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2021
Bayden AQSh Rossiya bilan munosabatlar keskinlashishiga intilmasligini ma’lum qildi
Amerika baribir “Shimoliy oqim-2”ni to‘xtata olmasligida unga qarshi yangi sanksiyalardan voz kechish uning manfaatlari nuqtayi nazaridan tamoman oqilona qadam. Shtatlar shundoq ham avvaldan undan qatnashayotgan nemislar va boshqa yevropaliklar (italyanlar, fransuzlar, avstriyaliklar)ni bukishning imkoni deyarli yo‘qligiga qaramasdan, ShO-2 ga qarshi ko‘p kuch sarflashdi.
Biroq davlatning inqiroh davrdagi Amerika tashqi siyosati umuman o‘zining mantiqsizligi bilan ajralib turadi, “oqimga qarshi kurashish” esa buning namoyonlaridan biri, xolos. Bayden xatolarni to‘g‘irlash, YeI bilan munosatlarni tuzatishga urinmoqda – albatta, Yevropaning o‘z yo‘lini tanlash huquqini tan olish uchun emas. Yo‘q, Shtatlarga shunchaki kuchlarini bir guruhga jamlashi, yevropaliklarni tinchlantirishlari, ularga hurmat va fahmlashni ko‘rsatish kerak. Bu ularni nafaqat Rossiya, balki Xitoyni ham ushlab turish siyosatining yangi shaklini imzolashlariga undash uchun kerak. Yevropaliklarning Amerikadan norozilik kayfiyatini susaytirish, Amerikaga qarshi kayfiyatni kamaytirish zarur. Ularni Moskva va Pekinning yakka hokimiyatchiligiga qarshi kurashga o‘zlari bilan sudrashlari lozim.
Vstrecha Vladimira Putina s Djozefom Baydenom v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.04.2021
Putin va Bayden uchrashuvi iyun oyida bo‘lib o‘tishi mumkin
Reja, ochig‘ini aytamiz, bir navi – lekin kim aytdi, anlantika elitasining globalchi qismining yaxshi va yutuqli variantlari bor? Yo‘q, G‘arb inqirozda – ammo atlantchilarning Germaniya elitasiga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlari haligacha ulkan. Shu bois “Shimoliy oqim-2” bilan o‘yinlar kuzda Germaniyada yangi koalatsiya shakllangandan so‘ng davom etadi. O‘sha vaqtga kelib qurib bitkazilgan quvurga nemis siyosatchilari yordamida xalal berishga urinishadi. Lekin bu nemis tarixidagi yangi bob bo‘ladi, unda nemislarning ShO-2 ni va hatto umuman Rossiya bilan munosabatlarni emas, balki o‘zining shaxsiy va umumevropa suverenitenini himoya qilishiga to‘g‘ri keladi.
Manba: RIA Novosti.
Yangiliklar lentasi
0