Jamiyat

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Sharqiy Quddusdagi vaziyat yuzasidan munosabat bildirdi

© Sputnik / Ariel SpornIsrael Palestinians Conflict
Israel Palestinians Conflict - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.05.2021
Idora hozirgi qaltis vaziyatda davlatlar, millatlar va elatlar oʻrtasidagi nizolarni tinch yoʻl bilan hal etish eng toʻgʻri yoʻl, deb hisoblaydi.
TOSHKENT, 20 may — Sputnik. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Sharqiy Quddusdagi moʻmin-musulmonlar uchun eng tabarruk mintaqada notinchliklar davom etayotganidan jiddiy tashvishda ekanini maʼlum qildi.
Idora Quddus shahrida Al-Aqso masjidi Islom dini manbalarida keltirilgan uch muqaddas masjiddan biri ekani va u moʻmin-musulmonlar uchun doimo azizu mukarram ekanini eslatgan.
Taʼkidlanishicha, oʻz navbatida ushbu mintaqada boshqa din vakillari uchun ham tabarruk hisoblangan ziyoratgohlar mavjud. Shunday ekan mintaqada zoʻravonlik, jabru sitamga chek qoʻyilishi hamda bundan buyon shafqatsizlik va qon toʻkilishiga yoʻl qoʻymaslik juda ham muhim hisoblanadi.

“Oʻzbekiston musulmonlari idorasi hozirgi qaltis vaziyatda davlatlar, millatlar va elatlar oʻrtasidagi nizolarni tinch yoʻl bilan hal etish eng toʻgʻri yoʻl, deb hisoblaydi. Ayni vaqtda moʻmin-musulmonlarni mavjud voqelikni Quddusdagi vaziyat bilan bogʻlagan holda nooʻrin bahs-munozaralar, ixtilof va tushunmovchiliklar keltirib chiqarishga, notoʻgʻri xatti-harakatlarga daʼvat qilayotgan fitnalardan ehtiyot boʻlishga chaqiramiz”, - deyilgan idora bayonotida.

Eslatib oʻtamiz, prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Oʻzbekiston Sharqiy Quddusdagi vaziyat keskin tus olishidan juda xavotirda ekanini bildirgan edi.
Prezident RF Vladimir Putin i prezident Turtsii Redjep Tayip Erdogan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.05.2021
Kolumnistlar
Erdoʻgʻon va Putin Falastinga qanday yordam berishi mumkin?
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala