Jamiyat

Oʻzbekistonda AQSH biolaboratoriyalari boʻlmagan va boʻlmaydi - Madaminov

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMarufjon Madaminov — zaveduyuщiy laboratoriyey chumы Respublikanskogo tsentra profilaktiki chumы, karantinnыx i osobo opasnыx infektsiy Minzdrava RUz
Marufjon Madaminov — zaveduyuщiy laboratoriyey chumы Respublikanskogo tsentra profilaktiki chumы, karantinnыx i osobo opasnыx infektsiy Minzdrava RUz - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.05.2021
"Biz rasman eʼlon qilamizki, Oʻzbekistonda Amerika biologik laboratoriyasi boʻlmagan, mavjud emas va boʻlmaydi", - dedi Madaminov.
TOSHKENT, 20 may — Sputnik. Oʻzbekistonda AQSH biologik laboratoriyalari boʻlmagan, mavjud emas va boʻlmaydi, dedi Oʻzbekiston SSV huzuridagi Respublika oʻlat, karantin va oʻta xavfli yuqumli kasalliklar muhofazasi markazi vabo laboratoriyasi mudiri, harbiy epidemiolog Maʼrufjon Madaminov.
Avvalroq, OAVlar AQSH dunyo boʻylab, shu jumladan MDH davlatlarida bir necha yuzlab biologik harbiy laboratoriyalar tashkil qilgani haqida bir necha bor xabar berilgandi.
"Biz rasman eʼlon qilamizki, Oʻzbekistonda Amerika biologik laboratoriyasi boʻlmagan, mavjud emas va boʻlmaydi", - dedi Madaminov.
Deputat Gosdumы RF, vrach-epidemiolog Gennadiy Oniщenko - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.05.2021
Analitika
MDH davlatlardagi AQSH biolaboratoriyalari xavfli – Onishenko
Suveren Oʻzbekiston turli davlatlar bilan oʻzaro aloqalarni oʻrnatish huquqiga ega, ammo boshqa davlatlarning biologik xavfsizligiga tahdid solishiga yoʻl qoʻymaydi, deb taʼkidladi harbiy epidemiolog.
Madaminovning soʻzlariga koʻra, respublikada AQSH bilan hamkorlik doirasida rekonstruksiya qilingan yoki qurilgan va zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan laboratoriyalar mavjud, ammo bular 2-darajali xavfsizlik laboratoriyalari - yaʼni biologik/bakteriologik qurollarning potentsialni tarkibiy qismlarini yaratish uchun yaroqsiz.
"Ular Rospotrebnadzor muassasalarining laboratoriyalari singari sanitariya-epidemiologiya xizmatining milliy laboratoriyalari. Ularda harbiy tadqiqotlar olib borilmagan va hozir olib borilmayapti <...>", - dedi Madaminov.
Uning soʻzlariga koʻra, laboratoriyalarda biologik qurol komponentlarini yaratish, namunalardan ajratilgan mikroorganizmlarni oʻzgartirish, bakteriyalar va viruslar zaxiralarini koʻpaytirish va toʻplash uchun zarur boʻlgan laboratoriya uskunalari (sekventator, biogeneratorlar va boshqalar) mavjud emas.
Harbiy epidemiolog amerikalik mikrobiologlar hech qachon Oʻzbekistondagi laboratoriyalarda ishlamaganligini aytdi.
"Respublika sanitariya-epidemiologiya xizmatining laboratoriyalari faqat milliy kadrlar bilan toʻldirilgan", - deydi Madaminov.
Flagi stran-uchastnits Organizatsii Dogovora o kollektivnoy bezopasnosti: Tadjikistana, Rossii, Kirgizii, Kazaxstana, Belorussii, Armenii i flag ODKB (sprava nalevo) - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.05.2020
Siyosat
ODKB davlatlari biologik xavfsizlik boʻyicha hamkorlikni koʻrib chiqadilar
Oʻzbekiston biologik qurolni taqiqlash va tarqatmaslik sohasidagi qator xalqaro hujjatlarga qoʻshilgan va oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarni qatʼiy bajarmoqda, deya xulosa qildi harbiy epidemiolog.
Rossiya AQShning harbiy va biologik faoliyati yuzasidan bir necha bor xavotir bildirgandi.
Aprel oyida RF Xavfsizlik Kengashi kotibi Nikolay Patrushev "Kommersant" gazetasiga bergan intervyusida "AQSH nazorati ostidagi tobora koʻpayib borayotgan biologik laboratoriyalarga eʼtibor berish taklif qilaman. Ular gʻalati tasodif bilan asosan Rossiya va Xitoy chegaralari yaqinida paydo boʻlmoqda", - degan edi.
Bir necha kun oldin Rospotrebnadzor sobiq rahbari, Davlat Dumasi deputati, epidemiolog-shifokor Gennadiy Onishenko bu masalada oʻz fikrlarini aytgandi. “Zamonaviy hayotda biologik qurollar "gibrid" urushning asosiy vositalaridan biriga aylanmoqda", - deb aytgandi ekspert Sputnik bilan suhbatda.
Sputnik Oʻzbekiston Telegram kanali – obuna boʻling, oʻqing, izoh qoldiring!>>
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala