Video

Oʻzbekistonda "Tarlon" yengil zirhlangan avtomobili sinovdan oʻtmoqda

Legkobronirovannыy avtomobil TARLON - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.05.2021
Ayni damda yangi avtomobilning ballistik himoyasi, yurish va toʻsiqlardan oʻtish qobiliyati sinovdan oʻtkazilmoqda.
TOSHKENT, 20 may - Sputnik. Oʻzbekistonda "Tarlon" zirhlangan avtomobili sinovdan oʻtmoqda deb xabar qildi Mudofaa vazirligi.
Xabarda aytilishiga koʻra, "Tarlon" - Qurolli Kuchlar tizimidagi vazirlik va idoralarning buyurtmasiga muvofiq, mudofaa sanoati kompleksi korxonalarida loyihalashtirilgan va ishlab chiqarilgan.
Ayni damda yangi avtomobil turli sinovlardan oʻtmoqda. Xususan, ballistik himoya, yurish va turli toʻsiqlardan oʻtish qobiliyati respublikaning togʻ-adir va kesishgan zonalarida sinovdan oʻtkazilmoqda, deyilgan xabarda.
Yangi avtomobilning texnik xususiyatlari haqida hozircha xayuar qilinmagan. Faqat uning zamonaviy talablarga javob berishi taʼkidlangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala