O‘zbekistonda "Tarlon" yengil zirhlangan avtomobili sinovdan o‘tmoqda

Legkobronirovanniy avtomobil TARLON - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.05.2021
Obuna bo‘lish
Ayni damda yangi avtomobilning ballistik himoyasi, yurish va to‘siqlardan o‘tish qobiliyati sinovdan o‘tkazilmoqda.
TOShKENT, 20-may - Sputnik. O‘zbekistonda "Tarlon" zirhlangan avtomobili sinovdan o‘tmoqda deb xabar qildi Mudofaa vazirligi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, "Tarlon" - Qurolli Kuchlar tizimidagi vazirlik va idoralarning buyurtmasiga muvofiq, mudofaa sanoati kompleksi korxonalarida loyihalashtirilgan va ishlab chiqarilgan.
Ayni damda yangi avtomobil turli sinovlardan o‘tmoqda. Xususan, ballistik himoya, yurish va turli to‘siqlardan o‘tish qobiliyati respublikaning tog‘-adir va kesishgan zonalarida sinovdan o‘tkazilmoqda, deyilgan xabarda.
Yangi avtomobilning texnik xususiyatlari haqida hozircha xayuar qilinmagan. Faqat uning zamonaviy talablarga javob berishi ta’kidlangan.
Yangiliklar lentasi
0