Sport

Paralimpiya: murabbiylarning maoshi oshiriladi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishParalimpiyskiye igrы 2016. Devyatыy den
Paralimpiyskiye igrы 2016. Devyatыy den - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.05.2021
Turizm va sport vazirligida 2ta shtatdan kam boʻlmagan tarzda alohida Paralimpiya boʻlimi tashkil etiladi.
TOSHKENT, 20 may — Sputnik. Bugun Toshkentda “Oʻzbekistonda Paralimpiya sporti istiqbollari” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi, unda Turizm va sport vazirligi boshqarma boshligʻi J.Hasanov hamda Oʻzbekiston Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasi raisi oʻrinbosari SH.Moʻminjonov ishtirok etdi.
Turizm va sport vazirligi boshqarma boshligʻi Hasanovning soʻzlariga koʻra, Turizm va sport vazirligida 2ta shtatdan kam boʻlmagan tarzda alohida Paralimpiya boʻlimi tashkil etiladi.
Qarorga muvofiq respublikadagi 300dan ortiq sport taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan paralimpiya sport turlari boʻyicha trenerlarning maoshi 1,5 barobarga oshiriladi.
Paralimpiyets - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.05.2021
Sport
Oʻzbekistonda paralimpiya harakati rivojlantiriladi
Bundan tashqari, barcha Olimpiya zaxiralari sport kollejlariga beriladigan umumiy kvotaning 5 foizi aynan paralimpiya sportchilari uchun ajratiladi.
Tokio-2020 yozgi Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik jarayoni haqidagi savolga SH.Moʻminjonov quyidagicha javob berdi.
“Paralimpiya oʻyinlarida oʻzbekistonlik sportchilarning ishtiroki yildan-yilga yaxshilanib bormoqda. Jumladan, 2008 yil Pekinda oʻtkazilgan yozgi Paralimpiya oʻyinlari yurtimiz sportchilari uchun dastlabkisi boʻlgan va unda 2 nafar para sportchimiz 2ta sport turidan ishtirok etgan. 2012 yil Londonda boʻlib oʻtgan Paralimpiya oʻyinlarida 4ta sport turidan 10 nafar paralimpiyachimiz qatnashgan hamda yurtimizga bitta medal bilan qaytgan. 2016 yil Rio de-Janeyro shahrida oʻtkazilgan soʻnggi Paralimpiya oʻyinlarida esa 5ta sport turi, yaʼni Para yengil atletika, Para suzish, Para dzyudo, Para pauerlifting va Para oʻq otishdan jami 32 nafar sportchi bahslarda kurash olib borib, yakunda vakillarimiz 31ta medalga sazovor boʻlishgan. Bu natijalar tarixda qoldi, albatta. Oldinda bizni Tokio-2020 paraldimpiya oʻyinlari kutib turibdi va ushbu oʻyinlarda bundanda koʻproq sportchi bilan, bundanda koʻproq medallar qoʻlga kiritishni maqsad qilganmiz. Ishonamizki, Prezidentimiz tomonidan Paralimpiya harakatiga qaratilayotgan bunday eʼtibor oʻz samarasini beradi va biz Yaponiyada yuqori marralarni zabt etamiz”.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala