Paralimpiya: murabbiylarning maoshi oshiriladi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishParalimpiyskie igri 2016. Devatiy den
Paralimpiyskie igri 2016. Devatiy den - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.05.2021
Obuna bo‘lish
Turizm va sport vazirligida 2ta shtatdan kam bo‘lmagan tarzda alohida Paralimpiya bo‘limi tashkil etiladi.
TOShKENT, 20-may — Sputnik. Bugun Toshkentda “O‘zbekistonda Paralimpiya sporti istiqbollari” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi, unda Turizm va sport vazirligi boshqarma boshlig‘i J.Hasanov hamda O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mo‘minjonov ishtirok etdi.
Turizm va sport vazirligi boshqarma boshlig‘i Hasanovning so‘zlariga ko‘ra, Turizm va sport vazirligida 2ta shtatdan kam bo‘lmagan tarzda alohida Paralimpiya bo‘limi tashkil etiladi.
Qarorga muvofiq respublikadagi 300dan ortiq sport ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan paralimpiya sport turlari bo‘yicha trenerlarning maoshi 1,5 barobarga oshiriladi.
Paralimpiyes - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.05.2021
O‘zbekistonda paralimpiya harakati rivojlantiriladi
Bundan tashqari, barcha Olimpiya zaxiralari sport kollejlariga beriladigan umumiy kvotaning 5 foizi aynan paralimpiya sportchilari uchun ajratiladi.
Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik jarayoni haqidagi savolga Sh.Mo‘minjonov quyidagicha javob berdi.
“Paralimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilarning ishtiroki yildan-yilga yaxshilanib bormoqda. Jumladan, 2008-yil Pekinda o‘tkazilgan yozgi Paralimpiya o‘yinlari yurtimiz sportchilari uchun dastlabkisi bo‘lgan va unda 2 nafar para sportchimiz 2ta sport turidan ishtirok etgan. 2012-yil Londonda bo‘lib o‘tgan Paralimpiya o‘yinlarida 4ta sport turidan 10 nafar paralimpiyachimiz qatnashgan hamda yurtimizga bitta medal bilan qaytgan. 2016-yil Rio de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan so‘nggi Paralimpiya o‘yinlarida esa 5ta sport turi, ya’ni Para yengil atletika, Para suzish, Para dzudo, Para pauerlifting va Para o‘q otishdan jami 32 nafar sportchi bahslarda kurash olib borib, yakunda vakillarimiz 31ta medalga sazovor bo‘lishgan. Bu natijalar tarixda qoldi, albatta. Oldinda bizni Tokio-2020 paraldimpiya o‘yinlari kutib turibdi va ushbu o‘yinlarda bundanda ko‘proq sportchi bilan, bundanda ko‘proq medallar qo‘lga kiritishni maqsad qilganmiz. Ishonamizki, Prezidentimiz tomonidan Paralimpiya harakatiga qaratilayotgan bunday e’tibor o‘z samarasini beradi va biz Yaponiyada yuqori marralarni zabt etamiz”.
Yangiliklar lentasi
0