Samarqand va Jizzaxda quyosh elektr stansiyalarini quradigan kompaniya aniqlandi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishMaster osmatrivayet solnechnie batarei
Master osmatrivayet solnechnie batarei - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.05.2021
Obuna bo‘lish
Samarqand va Jizzax viloyatlarida har biri 220 MVt quvvatga ega bo‘lgan ikkita quyosh elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha xalqaro tender natijalari e’lon qilindi.
TOShKENT, 20-may — Sputnik. 20 may kuni Samarqand va Jizzax viloyatlarida har birining quvvati 180-220 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr (quyosh) stansiyalarini qurish loyihalari bo‘yicha tender g‘oliblari aniqlandi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
"Abu Dhabi Future Energy company PJSC (Masdar)" (BAA) ishlab chiqariladigan 1 kVt/s elektr energiya uchun 1,823 AQSh sentga teng bo‘lgan tarifi bilan Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida quyosh elektr stansiyasini qurish bo‘yicha xalqaro tender g‘olibi deb e’lon qilindi.
"Jinko Power Technology Co. Ltd.", "China Power International Holding (CPIH) Ltd." va "Jinko Power (HK) Co. Ltd." konsorsiumi ishlab chiqariladigan 1 kVt/s elektr energiya uchun 2,305 AQSh sentga teng bo‘lgan tarifi bilan ushbu tenderning zaxira g‘olibi deb e’lon qilindi.
Solnechnaya elektrostansiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.05.2021
YeTTB Samarqand viloyatida 87 million yevrolik quyosh elektr stansiyasi quradi
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida quyosh elektr stansiyasini qurish bo‘yicha xalqaro tenderda ham Abu Dhabi Future Energy company PJSC (Masdar)" kompaniyasi ishlab chiqariladigan 1 kVt/s elektr energiya uchun tarifni 1,791 AQSh sentga baholab g‘olib deb e’lon qilindi.
Mazkur tender bo‘yicha ham "Jinko Power Technology Co. Ltd.", "China Power International Holding (CPIH) Ltd." va "Jinko Power (HK) Co. Ltd." konsorsiumi ishlab chiqariladigan 1 kVt/s elektr energiya uchun 2,228 AQSh sentga teng bo‘lgan tarifi bilan tenderning zaxira g‘olibi deb e’lon qilindi.
Quyosh elektr stansiyalari 2022-yilning oxirigacha ishga tushirilishi kutilmoqda. Elektr stansiyalarining ishga tushirilishi yiliga 1,04 mlrd. kVt/s elektr energiyasini ishlab chiqarishni ta’minlaydi. Ushbu ikki loyihani amalga oshirish uchun jalb qilinadigan investitsiyalar miqdori 400 mln dollarga baholanmoqda.
Qayd etish joizki, “Masdar” kompaniyasi O‘zbekistondagi qator loyihalarni moliyalashtirmoqda. Xususan, Navoiy viloyatidagi umumiy quvvati 100 MVt bo‘lgan fotoelektr stansiyasini, Zarafshon shahrida 500 Mvt quvvatga ega bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish bilan shug‘ullanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0