Toshkentda qidiruvdagi shaxs niqob taqmagani tufayli qo‘lga tushdi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishJenskie ruki v naruchnikax
Jenskie ruki v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.05.2021
Obuna bo‘lish
Firibgarlikda ayblayotgan va qidiruvda bo‘lgan qiz niqob taqmagani uchun ushlandi.
TOShKENT, 20-may — Sputnik. Toshkent shahrida niqob taqmagani uchun to‘xtatilgan qiz qidiruvdagi shaxs bo‘lib chiqdi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda yozilishicha, 18-may kuni soat 16:40 da poytaxtdagi Qo‘yliq dehqon bozori yaqinida olib borilgan sanitariya-epidemiologiya talablariga rioya qilinishini nazorat qilishga qaratilgan tadbir davomida tibbiy niqob taqmagan qiz to‘xtatilgan.
Odnorazovie meditsinskie maski - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.04.2021
Toshkentda bir kunda niqobsiz yurgan 800 nafarga yaqin qoidabuzar jarimaga tortildi
Tekshiruv davomida uning shaxsi aniqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, u 2020-yilning 27-dekabr kunidan buyon Jinoyat kodeksining 168-moddasida (firibgarlik) ko‘rsatilgan xatti-harakatlarni sodir etgani uchun qidiruvda bo‘lgan 2002-yilda tug‘ilgan M.A.
Shundan so‘ng fuqaro Bektemir tumani IIO FMBga yetkazildi.
Yangiliklar lentasi
0