Yapon biznesmenlari uchun har bir viloyatda biznes-seminarlar bo‘lib o‘tadi

© Press-slujba MIVT UzbekistanaYaponskie biznesmeni natseleni na vedenie biznesa v Uzbekistane - MIVT
Yaponskie biznesmeni natseleni na vedenie biznesa v Uzbekistane - MIVT  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.05.2021
Obuna bo‘lish
Birinchi seminar Toshkent viloyatida ikkinchisi Samarqandda bo‘lib o‘tadi. Ulardan 100dan ortiq yaponiyalik biznesmenlar ishtirok etadi.
TOShKENT, 20-may - Sputnik. O‘zbekiston yaponiya bilan biznes aloqalarini yanada rivojlantiradi. Bu haqida 19-may kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Yaponiyaning “JETRO” (tashqi savdoni rivojlantirish) tashkiloti bilan imzolagan memorandumda aytib o‘tilgan.
Ushbu hujjat O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari L.Kudratov va “JETRO”ning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari D.Takaxashi tomonidan imzolandi.
Hujjatda har bir alohida hududning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, investitsiyaviy salohiyatini va mamlakatda biznes yuritish uchun joriy etilgan imkoniyatlarni keng yoritish maqsadida Yaponiyaning ishbilarmon doiralari uchun barcha hududlarimizda har oyda biznes-seminarlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Birinchi seminar 20-may kuni Toshkent viloyatida bo‘lib o‘tadi. “JETRO” tarkibiga kiruvchi yapon kompaniyalarining 100dan ortiq vakillari unda ishtirok etishlarini tasdiqladilar. Keyingi seminar Samarqand viloyatida o‘tkazilishi rejalashtirilgan, - deyilgan xabarda.
Ma’lumot uchun: O‘zbekistonda “JETRO”ning vakolatxonasi 2000-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Uning asosiy vazifalari Yaponiya kompaniyalaridan mamlakat iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish, ikki mamlakat sanoat korxonalari o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish va ilg‘or texnologiyalar bilan almashishni tashkil etishdan iborat.
Yangiliklar lentasi
0