Alisher Usmonov eng saxiy xayriyachi sifatida e’tirof etildi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishV.Putin vruchil gosudarstvennie nagradi v Kremle
V.Putin vruchil gosudarstvennie nagradi v Kremle - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.05.2021
Obuna bo‘lish
Milliarder Alisher Usmonov Buyuk Britaniyaning eng saxiy xayriyachi sifatida e’tirof etildi.
TOShKENT, 21-may — Sputnik. Kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan Rossiya milliarderi Alisher Usmonov Buyuk Britaniyaning eng saxiy xayriyachi sifatida e’tirof etildi. RIA Novosti xabariga asosan.
Times gazetasi mamlakatning eng boy odamlari - Rich List yangi reytingini tuzdi.

Gazeta yozishicha, 2020-yilda Usmonov va uning kompaniyalari tomonidan xayriya ishlariga 500 million funt sterling, Rich List reytingining 20-yillik tarixida esa 4,2 milliard funtdan ortiq mablag‘ ajratdi.

Nashrning qo‘shimcha qilishicha, 2020-yil oxiridagi ma’lumotlarga ko‘ra, Usmonov Rossiya, O‘zbekiston va Italiyada koronavirusga qarshi kurash uchun 134,2 million funt sarfladi.
Sputnik O‘zbekiston Telegram kanali – obuna bo‘ling, o‘qing, izoh qoldiring!>>
Yangiliklar lentasi
0