Iqtisod

Biz iqtisodlarimizning oʻzaro toʻldirish xususiyatidan foydalanishimiz kerak - Lukashenko

© RTAleksandr Lukashenko
Aleksandr Lukashenko - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.05.2021
Shuningdek Belorussiya rahbari YEOII ichida umumiy energiya manbaalari bozorini imkon qadar tezroq shakllantirish taklifi bilan chiqdi.
TOSHKENT, 21 may — Sputnik. Iqtisodlarimizning oʻzaro toʻldirish xususiyati YEOIIning tez va sifatli iqtisodiy progressini taʼaminlaydi, dedi Belarus rahbari 21 may kuni boʻlib oʻtgan YEOII Oliy iqtisodiy kengashi majlisida.

Energiya manbaalari umumiy bozori

Ayni damda YEOIIda milliy valyutalarni qoʻllab-quvvatlash, hisob-kitoblar xavfsizligini taʼminlash – eng muhim vazifadir.
“Ushbu munosabat bilan biz YEOIIda umumiy toʻlov hududi tashkil etilishini, jumladan milliy valyutalarda hisob-kitob qilishni stumulyatsiya qilishni – qoʻllab quvvatlaymiz”, - dedi Lukashenko.
Flagi stran-uchastnits YEAES i gosudarstv-nablyudateley pri soyuze - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.05.2021
Siyosat
Mirziyoyev YEOIIga aʼzo-davlatlar oʻrtasida doimiy aviaqatnovlarni tiklashni taklif qildi
YEOII davlatlari iqtisodi bir-birini toʻldiruvchi boʻlgani tufayli, ushbu holat Ittifoqda sifatli iqtisodiy oʻsishni taʼminlashi mumkin.
“Ushbu va oldin qabul qilingan maqsadlarga erishi uchun umumiy energiya manbaalari bozorini tashkillashtirishni faollashtirish kerak” – dedi Lukashenko.
Undan tashqari, Lukashenko YEOII ichki bozorida toʻsiq va cheklovlarni bekor qilish tarafdori ekanini yana bir bor taʼkidladi.

Kollektiv Gʻarb bosimi

Belarus yetakchisi ayni damda ushbu respublika Gʻarbning kuchli bosimini his qilayotganini va ushbu muammo ertami kechmi YEOIIning barcha davlatlariga taaluqli boʻlishini aytdi.
Lukashenko soʻzlariga koʻra, Gʻarb cheklovlari birinchi navbatda savdo-sotiq, bank, moliya va ishlab chiqarish kooperatsiyasiga taʼsir qilmoqda.
“Kollektiv Gʻarb bizning ittifoq mustahkamlanishini va dunyoda unga yangi raqib paydo boʻlishini istamaydi. Bu aniq. Ushbu holatni nazarda tutgan holda, tashqi bosimning salbiy oqibatlariga qanday javob berishni, import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish va kerak boʻlsa cheklov choralari joriy etishni oldindan oʻylab qoʻyish kerak”, - dedi Belarus prezidenti.

YEOII: ichki va tashqi kooperatsiya

Belarus rahbariga koʻra, YEOII hududida ilmiy, texnik va sanoat kooperatsiyani kengaytirish kerak. Birgalikda keng koʻlamli va imidjga taʼsir qiluvchi loyihalar ishlab chiqarish kerak. Bu borada YEOIIda yoʻlga qoʻyilgan kosmik sohada axborot almashish loyihasi – yaxshi misol.
Belarus rahbari YEOIIni dunyo integratsiya markaziga aylantirish hamda Xitoyning “Bitta belbogʻ bitta yoʻl” loyihasi bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish kerakligini taʼkidladi.
Prezident RF V. Putin vstretilsya s pervыm prezidentom Respubliki Kazaxstan N. Nazarbayevыm - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.05.2021
Iqtisod
Yaqin vaqt ichida butun dunyo oziq-ovqat defitsitini his qiladi – Nazarbayev
“Bu sohada biz juda sekin harakatlanayapmiz. Aniq loyihalarni aniqlash amaliyotni oshirish kerak”, - dedi Lukashenko.
Xitoy bilan raqamli koridorlarni rivojlantirish, oʻz mahsulotlarini Xitoyga eksport qilishni yoʻlga qoʻyish kerak.

YEOII oziq-ovqat xavfsizligi

Belarus rahbari BMT pandemiyaning boshida dunyoning ayrim hududlarida oziq-ovqat yetishmasligi muammosi paydo boʻlishi mumkinligi haqida gapirganini esga oldi.
“Ushbu prognozlar amalga osha boshladi. Turli manbaalardan maʼlum boʻlishicha, bugungi kunda yer sharida 500 mingga yaqin kishilar oziq-ovqat mahsulotlari yetishmovchiligini his qilmoqda”, - dedi Lukashenko.
Shu bilan birga Belarus rahbari Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasiga murojaat qilib “Oziq-ovqat xavfsizligi toʻgʻrisidagi” texnik reglamentni tezroq ishlab chiqishni soʻradi.
“Bu borada turli xavfli tendentsiyalar bor. Biz esa bir yildan beri ushbu hujjat bilan ovoramiz. Ichki bozorda odamlarni oziq-ovqat bilan taʼminlash bilan xalqaro maydonda ham foydadan qurur qolmasligimiz kerak” – dedi Lukashenko.
Shuningdek, Belarus rahbari YEOII bilan savdo sotiq aloqalarini oʻrnatishga urinayotgan davlatlar bilan tezroq bitimlar tuzish kerakligini taʼkidladi. Xususan, Hindiston, Xitoy, Misr va boshqa davlatlar bilan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala