Rossiya

"Biz ularning tishini toʻkib olamiz" - Putin

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Fotobankka oʻtishPrezident RF Vladimir Putin
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.05.2021
Rossiyaning raqiblari uning rivojlanishini toʻxtatib turishga harakat qilishmoqda. Bunday harakatlar hatto SSSR tarqalib ketganidan soʻng ham toʻxtagani yoʻq.
TOSHKENT, 21 may — Sputnik. "Pobeda" tashkiliy qoʻmitasi majlisida soʻzga chiqqan Vladimir Putin Rossiya hududlariga daʼvo qilayotgan davlatlarga oʻta keskin javob berdi. RIA Novosti xabariga asosan.
"Davlat rivojlanib kuch toʻplay boshlagan zamonoq, raqiblar uning rivojlanishini toʻxtatish chorasini izlay boshlaydi. Hatto SSSR tarqalib ketganidan keyin ham ushbu harakatlar toʻxtagani yoʻq.
<...> Kimdir hatto ochiq-oydin Sibir hududi boyliklari Rossiyaga tegishliligi nohaqlik deyishdan ham toymayapti.<...> Kimdir bizning bir boʻlagimizni "tishlab uzib olish" haqida gapirmoqda, lekin ular shuni bilsin: kerak boʻlsa biz ularning tishini toʻkib olamiz, tishlay olmasligi uchun. Buning uchun biz qurolli kuchlarimizni rivojlantirmoqdamiz", - dedi Rossiya prezidenti.
Shu bilan birga Vladimir Putin Rossiya iqtisodini mutlaq harbiylashtirilmayotganini alohida taʼkidlab oʻtdi. Bu yil Rossiya mudofaa maqsadlariga 3 trillion soʻm ajratgan. Dollarda bu oʻrtacha 42 milliard boʻladi. AQSH harbiy xarajatlari boʻlsa 770 milliarddan ortiq.
Rossiya eng zamonaviy turdagi yadroviy toʻxtatib turish quroliga ega. Yana bizda hozircha hech kimda yoʻq boʻlgan strategik qurolning yangi turi - gipertovush tezligida harakatlanuvchi "Avangard" raketa tizimi bor.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala