Iqtisod

YEOII rahbarlari juma kuni onlayn-uchrashuv oʻtkazadi

© Sputnik / Asatur YesayantsFlagi stran uchastnits YEAES, arxivnoye foto
Flagi stran uchastnits YEAES, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.05.2021
Ushbu uchrashuvda, YEOIIda kuzatuvchi maqomiga ega boʻlgan, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Kuba prezidenti Migel Dias-Kanelning ham ishtiroki kutilmoqda.
TOSHKENT, 21 may — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining Oliy iqtisodiy kengashi (VEES) majlisi 21 may juma kuni videoanjuman shaklida boʻlib oʻtadi.
Uchrashuvda VEESning faxriy raisi, Qozogʻiston birinchi prezidenti Nursultan Nazarbayev, Rossiya, Belarus, Qirgʻiziston prezidentlari, Armaniston bosh vaziri v.b. Nikol Pashinyan hamda YEIK raisi Mixail Myasnikovichlar ishtirok etadi.
Shunindek, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Kuba prezidenti Migel Dias-Kanelning ham ishtiroki kutilmoqda. Oʻzbekiston va Kuba 2020 yilning dekabr oyidan boshlab YEOIIda kuzatuvchi maqomini olgan.
Uchrashuvda COVID-19 pandemiyasi oqibatlarini yengib oʻtish, Ittifoqning muhim hamkorlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalar hamda integratsiya masalalari muhokama qilinadi, deyilgan xabarda.
Shuningdek, yagona ittifoq bozorining samaradorligini oshirish imkonini beruvchi qarorlar qabul qilish rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda YEOII aʼzolari Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston va Qirgʻiziston. 2021 yilning 1 yanvaridan YEOIIda raislik huquqi Qozogʻistonga oʻtgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala