Ikki yuzdan ortiq fuqaro ishlash uchun Rossiya va Janubiy Koreyaga jo‘nab ketdi

© SputnikBoing 767
Boing 767 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.05.2021
Obuna bo‘lish
Rossiyaga 197 nafar, Koreyaga 8 nafar fuqaro ishlash uchun jo‘nab ketdi
TOShKENT, 21-may — Sputnik. Rossiya Federatsiyasining “PSP” korxonasi bilan imzolangan kelishuvga muvofiq, viloyatlarda o‘tkazilgan tanlovlarda ishtirok etib, tibbiy ko‘riklardan muvaffaqiyatli o‘tgan 197 nafar fuqaro Amur viloyatida qurilish ishlarida vaqtincha mehat faoliyatini amalga oshirish uchun Toshkent xalqaro aeroporti orqali Toshkent-Novosibrsk yo‘nalishida tashkillashtirilgan holda jo‘nab ketdi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati xabar qildi.
Fuqarolarga xorijda ishlash davrida qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan vaqtda huquqiy yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan tarqatma materiallar berildi.
Shuningdek, Koreya Respublikasining Inson resurslarini rivojlantirish xizmati bilan olib borilgan muzokaralar natijasida ushbu davlatda ishlash vaqtida mehnat ta’tili olib, O‘zbekistonga kelgan 8 nafar fuqaro o‘z ish joylariga ketishiga ko‘maklashildi.
Yangiliklar lentasi
0