Kareliya Respublikasi toshni qayta ishlab chiqaruvchilar uyushmasi bilan memorandum imzolandi

© Uzstroymateriali"Uzstroymateriali" podpisal memorandum s Assotsiatsiyey kamenshikov Respubliki Kareliya
Uzstroymateriali podpisal memorandum s Assotsiatsiyey kamenshikov Respubliki Kareliya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.05.2021
Obuna bo‘lish
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” rossiyalik toshni qayta ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi bilan shartnoma imzoladi.
TOShKENT, 21-may - Sputnik. “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida 20-may kuni Rossiya Federatsiyasi Kareliya Respublikasining toshni qayta ishlovchi korxonalar uyushmasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda ikki tomonlama savdo aloqalarini rivojlantirish, eksport imkoniyatlarini kengaytirish, tabiiy pardozbop toshlarni qayta ishlash bo‘yicha yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi va Kareliya Respublikasi toshni qayta ishlab chiqaruvchilar uyushmasi bilan memorandum imzolandi.
Shuningdek, ikki davlat ishbilarmon doira vakillari o‘rtasida aloqalarni yanada rivojlantirish uchun imkoniyatlar mavjud ekani ta’kidlandi.
Yig‘ilish boshida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqaruv raisi o‘rinbosari Bahtiyor Boboqulov O‘zbekisotnda qurilish materiallari sanoatining bugungi holati va istiqbollari, yangi turdagi qurilish materiallari, tabiiy pardozbop toshlar ishlab chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘liq ma’lumot berdi.
Yangiliklar lentasi
0