Jamiyat

Koronavirus: kunlik holatlar 300 dan ziyod, 2 kishi vafot etdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishVrach i patsiyent v otdelenii reanimatsii i intensivnoy terapii
Vrach i patsiyent v otdelenii reanimatsii i intensivnoy terapii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.05.2021
Oʻzbekistonda sutka davomida 313 kishida koronavirus aniqlandi, respublika boʻylab koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 97 856 nafarni tashkil qilmoqda.
TOSHKENT, 21 may — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.
Sutka davomida 313 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 97 856 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi holatlar: Qoraqalpogʻiston Respublikasida (14), Andijon viloyatida (7), Buxoro viloyatida (5), Jizzax viloyatida (3), Qashqadaryo viloyatida (3), Navoiy viloyatida (3), Namangan viloyatida (6), Samarqand viloyatida (36), Sirdaryo viloyatida (6), Fargʻona viloyatida (6), Xorazm viloyatida (1), Toshkent viloyatida (47), Toshkent shahrida (176) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Vremennыy gospital COVID-19 na VDNX - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.05.2021
Jamiyat
Koronavirus Oʻzbekistonda: yana 2 kishi vafot etdi

Sogʻayish koʻrsatkichi

Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 93 339 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 95 foiz.
Ayni paytda 3 839 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Vaktsinatsiya

Respublikada jami 1 512 421 doza vaktsinadan foydalanildi. Ulardan: 1-bosqich emlanganlar 1 154 313 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 358 108 nafarni tashkil qildi.

Oʻlim holatlari

Koronavirusga chalingan 2 nafar bemor vafot etdi, Oʻzbekistonda jami 678 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 165,5 milliondan oshdi, 3,4 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng koʻp holatlar AQShda (33,1 mln), Hindistonda (26,0 mln), Braziliyada (15,8 mln).
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala