Siyosat

Mirziyoyev YEOIIga aʼzo-davlatlar oʻrtasida doimiy aviaqatnovlarni tiklashni taklif qildi

© Sputnik / Fotobankka oʻtishFlagi stran-uchastnits YEAES i gosudarstv-nablyudateley pri soyuze
Flagi stran-uchastnits YEAES i gosudarstv-nablyudateley pri soyuze - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.05.2021
Shavkat Mirziyoyev Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo-davlatlar oʻrtasida doimiy aviaqatnovlarni tiklashni taklif qildi.
TOSHKENT, 21 may — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yevroosiyo Iqtisodiy ittifoqining Oliy kengashi yigʻilishida soʻzga chiqdi.
YEOII bilan oʻzaro hamkorlik Oʻzbekiston siyosatining eng muhim yoʻnalishlaridan biri, deb aytdi prezident oʻz nutqida.
Oʻzbekiston va YEOIIdagi barcha sheriklar oʻrtasida savdo aloqalarini oʻrnatish uchun katta salohiyat mavjud.
Prezident RF V. Putin vstretilsya s pervыm prezidentom Respubliki Kazaxstan N. Nazarbayevыm - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.05.2021
Iqtisod
Yaqin vaqt ichida butun dunyo oziq-ovqat defitsitini his qiladi – Nazarbayev
“Biz toʻsiqlarni bartaraf etish va savdo-sotiqni tartibga solish boʻyicha taʼrif choralarini yanada yaqinlashtirish borasida YEOIIning barcha aʼzolari bilan faol hamkorlik qilishga tayyormiz”, - dedi prezident.
Mamlakatlar oʻrtasidagi sanoat kooperatsiyasining rivojlanishi iqtisodiyot rivojiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi va uchinchi mamlakatlar bozorlarini birgalikda rivojlantirish imkonini beradi. Iqtisodiyotning real sektorida hamda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda taʼsir oʻtkazish uchun katta salohiyat mavjud.
Transport-tranzit sohasi - iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish uchun katalizator hisoblanadi. Shu sababli tovarlarni chegaralar orqali tezkorlik oʻtish masalalarini hal qilinishi talab qiladi.
Shavkat Mirziyoyev Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo-davlatlar oʻrtasida doimiy aviaqatnovlarni tiklashni taklif qildi.
“Mamlakatlarimizda epidemiologik vaziyatning barqarorlashishi - aholining emlanishini hisobga olgan holda, biz muntazam avia va temir yoʻl, yoʻlovchilar qatnovlarini qayta tiklash vaqti keldi, deb hisoblaymiz”, - dedi prezident.
Oʻzbekiston soliq va bojxona maʼmuriyatchiligi, sanoat kooperatsiyasi, mehnat migratsiyasi va turizm masalari boʻyicha YEOII doirasida faoliyat yurituvchi raqamli platformalarini ulash imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.
“Oʻzbekiston uchun kuzatuvchi sifatida YEOII bilan oʻzaro munosabatlarning aniq natijalariga erishishni taʼminlash muhim ahamiyatga ega. Shu jumladan, tovarlar, kapital, mehnat resurslari va xizmatlar harakati tartib-taomillarini soddalashtirish masalalari boʻyicha ham tizimli hamkorlikni izchil rivojlantirish zarur deb hisoblaymiz”, - deb qoʻshimcha qildi Oʻzbekiston yetakchisi.
Sputnik Oʻzbekiston Telegram kanali – obuna boʻling, oʻqing, izoh qoldiring!>>
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala