Jamiyat

Oʻzbekiston-Rossiya: yetakchi yuridik universitetlaridan biri bilan hamkorlik faollashmoqda

© CC0 / Unsplash / Mikael KristensonStudentы v auditorii vuza. Illyustrativnoye foto
Studentы v auditorii vuza. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.05.2021
Oʻzbekiston Rossiyaning yetakchi yuridik universitetlaridan biri bilan hamkorlikni faollashtirmoqda
TOSHKENT, 21 may — Sputnik. Oʻzbekiston delegatsiyasi O.YE.Kutafin nomidagi Moskva davlat yuridik universitetiga tashrif buyurdi. Tashrifdan maqsad Rossiyaning huquq sohasidagi ushbu eng mashhur oliy taʼlim muassasasi bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik istiqbollarini atroflicha muhokama qilishdir.
Uchrashuv 18 may kuni, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov boshchiligidagi respublika delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrifi doirasida boʻlib oʻtdi.
Delegatsiya aʼzolari Moskva davlat yuridik universitetining "Innovatsion yurisprudentsiya" konsortsiumi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Mazkur oliy oʻquv yurti rektorati vakillari bilan muzokaralar olib borildi.
Sotrudnichestvo RF i Uz - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.05.2021
Infografika
Oʻzbekiston va Rossiya: vaqt sinovidan oʻtgan doʻstlik
Muloqot asnosida Rossiya tomoni Oʻzbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirishning muhimligini qayd etdi. Shu munosabat bilan bir qator amaliy tashabbuslar bildirildi.
Xususan, oʻzbekistonlik yosh tadqiqotchilarning joriy yil noyabr oyida Moskva Davlat universiteti bilan hamkorlikda oʻtkaziladigan Kutafin oʻqishlarida, shuningdek har yili aprel oyida boʻlib oʻtadigan Kutafin nomidagi Moskva yuridik forumida ishtirok etishlari yuzasidan fikr yuritildi.
Bundan tashqari, respublika aspirantlari mavzuli loyihalar doirasida amalga oshiriladigan yozgi va qishki maktablarda qatnashish uchun taklif etildi.
Rossiya tomonining yana bir tashabbusi – Xalqaro huquq va uning Markaziy Osiyoda amalga oshirilishi mavzusida davra suhbati oʻtkazishdan iborat boʻldi.
Oʻz navbatida, Oʻzbekiston tomoni ham bir qator tashabbuslarni ilgari surdi va bu amaliy takliflar Moskva davlat yuridik universiteti vakillari tomonidan qoʻllab-quvvatlandi. Jumladan, Moskva davlat yuridik universiteti va Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazining davriy nashrlarida oʻzaro hamkorlikda maqolalar eʼlon qilib borish taklif qilindi.
Oʻzbekiston tomonining birgalikda Markaziy Osiyo boʻyicha yuridik sohaga ixtisoslashgan jurnal nashr etish, Oʻzbekistonning inson huquqlarini himoya qilish milliy institutlari bilan Moskva Davlat yuridik universiteti oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” tuzishga doir takliflari ham maʼqullandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala