Dunyoda

Rossiya Gʻazo sektoridan MDH fuqarolarini ham olib chiqadi

© Sputnik / Ahmed Abed / Fotobankka oʻtishPosledstviya raketnogo udara Izrailya po territorii sektora Gaza
Posledstviya raketnogo udara Izrailya po territorii sektora Gaza - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.05.2021
Gʻazo sektoridan chiqib ketish istagini bildirgan Rossiya va MDH fuqarolari Moskvaga olib kelinadi.
TOSHKENT, 21 may - Sputnik. Rossiya Gʻazo sektoridan ketish istagini bildirgan oʻz fuqarolarini va MDH davlatlari fuqarolarini olib chiqadi.
Bu haqida 20 may kuni normativ-huquqiy portalida rasman eʼlon qilingan, Vladimir Putinning maxsus farmoyishida aytib oʻtilgan.
"Isroil Davlati qurolli kuchlarining harbiy operatsiyasi tufayli, Gʻazo sektorida vaziyat keskin yomonlashishi munosabati bilan, u yerdan chiqib ketish istagini bildirgan Rossiya Federatsiyasi va MDH davlatlari fuqarolarini olib chiqish taʼminlansin", - deyilgan farmoyishda.
Fuqarolarni evakuatsiya qilish Rossiya Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi razvedka xizmati va Favqulodda vaziyatlar vazirligiga topshiriladi. Evakuatsiya qilingan fuqarolar Moskva shahriga olib kelinadi, deyilgan hujjatda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala