Iqtisod

Yaqin vaqt ichida butun dunyo oziq-ovqat defitsitini his qiladi – Nazarbayev

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Fotobankka oʻtishPrezident RF V. Putin vstretilsya s pervыm prezidentom Respubliki Kazaxstan N. Nazarbayevыm
Prezident RF V. Putin vstretilsya s pervыm prezidentom Respubliki Kazaxstan N. Nazarbayevыm - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.05.2021
Prognozlarga koʻra 2030 yilga kelib butun dunyoda oziq-ovqat narxi oshishi 35%ni tashkil qiladi.
TOSHKENT, 21 may — Sputnik. YEOII Oliy iqisodiy kengashi faxriy raisi Nursultan Nazarbayev, ayni damda boʻlib oʻtayotgan YEOII davlat rahbarlarining onlayn uchrashuvida yaqin yillar ichida dunyoda oziq-ovqat muammolari boshlanishi haqida xabar qildi.
“Butun dunyo yaqin vaqt ichida oziq-ovqat yetishmovchiligini his qiladi. YEOII davlatlarida ushbu oziq-ovqat krizisidan oʻtish uchun hamma narsa yetarli, faqat ularni toʻgʻri rejalashtirish va taqsimlash kerak”, - dedi Nazarbayev.
Shuningdek Nazarbayev yaqin yillar ichida YEOII rivojlanish strategiyasida quyidagilarga eʼtibor qaratish kerakligini taʼkidladi:
Dori-darmon ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish kerak. Yaqinda boʻlib oʻtgan krizis buni yaqqol koʻrsatdi;
Umumjahon inflyatsiyasi – hech narsa bilan taʼminlanmagan dollar juda katta miqdorda jahaon iqtisodiyotiga kiritilgani sababli, u inflyatsiya kelitirib chiqarish aniq;
Yashil iqtisodiyot – butun dunyo yashil iqtisodga oʻtmoqda, biz ham shunga harakat qilishimiz kerak;
Yanada chuqurroq integratsiya qilish kerak, oramizda oʻzaro tushunishni chuqurlashtirish kerak;
VEEs faxriy raisi soʻzlariga koʻra, soʻnggi yillarda YEOII orasida iqtisodiy hamkorlik 23%ga oshgan. 2020 yil yakunlariga koʻra oʻzaro savdo sotiq hajmi 55 milliard dollarni tashkil qilgan.
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining Oliy iqtisodiy kengashi (VEES) majlisi 21 may juma kuni videoanjuman shaklida boʻlib oʻtmoqda. Unda Qozogʻiston birinchi prezidenti Nursultan Nazarbayev, Rossiya, Belarus, Qirgʻiziston prezidentlari, Armaniston bosh vaziri ishtirok etmoqda. Shunindek, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Kuba prezidenti Migel Dias-Kanelning ham kuzatuvchi maqomida ishtirok etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala