Kolumnistlar

Andijon bogʻchalarida bir kun: yangi Oʻzbekiston bolalari qanday taʼlim-tarbiya olishmoqda

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPress-tur v doshkolnыe obrazovatelnыe uchrejdeniya Andijanskoy oblasti
Press-tur v doshkolnыe obrazovatelnыe uchrejdeniya Andijanskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.05.2021
Andijon viloyatidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlariga tashkillashtirilgan press-tur.
TOSHKENT, 22 may — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston muxbiri Dilshoda Rahmatova Andijon viloyatidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlariga tashkillashtirilgan press-turda ishtirok etib, oʻz reportajida taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPress-tur v doshkolnыe obrazovatelnыe uchrejdeniya Andijanskoy oblasti
Press-tur v doshkolnыe obrazovatelnыe uchrejdeniya Andijanskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.05.2021
Press-tur v doshkolnыe obrazovatelnыe uchrejdeniya Andijanskoy oblasti
Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan tashkillashtirilgan press-turda hamkasblarim qatorida birinchi obʼyekt – “Izyuminka”ga yoʻl olar ekanmiz, yoʻl-yoʻlakay beixtiyor bolalik davrim esga tushdi. Men borgan bogʻcha garchi ikki qavatli boʻlsa-da, juda oddiy edi, mushuk Leopold va sichqonlar – oʻsha davrning eng mashhur multqahramonlari surati tushirilgan ochiq veranda va uning shiftiga ilingan rangli bayroqchalardan boshqa biror arzigulik narsalar xotiramda saqlanib qolmagan, hisob.
Ammo Andijon viloyatida barpo etilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlariga hali sirtdan qarab, koʻz oldimizda gavdalangan ertaklardagi qasrlarga monand binolarni koʻrib, bu yerga kelgan kichkintoylar oʻzlarini kun davomida sehrli olamda yurgandek his etishlariga shubha qilmadik. Harholda yana bolalik davrimga qaytib qolganimda, bunday goʻzal maskanda bir kunni bajonidil oʻtkazgan boʻlar edim.
Detskiy sad - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.05.2021
Jamiyat
Bogʻchaga qabul qilish uchun imtiyozli roʻyxat yangilandi
Oldindan aytish joizki, press-tur davomida biz, jurnalistlar, kun davomida viloyatdagi oʻnga yaqin maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, kichkintoylarning hayotini va ularning taʼlim olish jarayonini koʻzdan kechirdik. Bogʻchalardagi har bir detal: keng va zamonaviy multqahramonlar suratlari aks etgan xonalar, hatto kichkintoylar boʻyiga monand mitti eshikchalar va umivalniklar ham bolajonlarni oʻylagan holda, ularga qulaylik yaratish maqsadida ishlanganini koʻrish mumkin.
Ayrim xususiy turdagi taʼlim tashkilotlari ochiq va yopiq turlagi basseyn, restoran tipidagi oshxona bilan jihozlangan. Aksariyat MTTda haftada bir marta tushlik vaqtida “shvetskiy stol” tajribasi qoʻllaniladi va bolalarga ovqatlanish madaniyati oʻrgatiladi.
Deyarli har bir bogʻchada alohida YHXB xodimi dars beradigan yoʻl harakati qoidalarini oʻrgatuvchi maydonchalarni koʻrib, yangi avlod avtomobil boshqarishda bizdan koʻra madaniyroq boʻlar ekan, deya yengil tortdik hatto. Ammo albatta, eng qizigʻi bu bolakaylarning taʼlim jarayoni edi. Bogʻchalarda 3 ta til (rus-tili, ingliz-tili, koreys-tili) toʻgaraklari mavjud, badiiy gimnastika, karate sport toʻgaraklari, informatika darslari, qishki basseyn, musiqa va raqs toʻgaraklari, logoped xizmatlari bor.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPress-tur v doshkolnыe obrazovatelnыe uchrejdeniya Andijanskoy oblasti
Press-tur v doshkolnыe obrazovatelnыe uchrejdeniya Andijanskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.05.2021
Press-tur v doshkolnыe obrazovatelnыe uchrejdeniya Andijanskoy oblasti
Ajablanarlisi, ota-onalarning aksariyati bogʻchaga bolasini olib kelgach, shu bilan boʻldi, deya oʻz ishlariga shoʻngʻib ketishmas ekan. Aksincha, bayramlarda dasturlarni tashkil qilishda yordam berishar, bolalari qanday taʼlim-tarbiya olishayotganini hatto kun davomida kuzatib, taomnomalargacha qiziqib, oʻz fikrlarini bogʻcha maʼmuriyatiga qoldirar ekanlar. Albatta, taʼlim tashkiloti qanchalik hashamatli yoki ertakmonand boʻlmasin, jajji insonning bolaligi qanday kechishi uning yonida turgan katta yoshdagilarning donoligi, ulkan sabri va ijodiy salohiyatiga bogʻliqdir.
Andijon viloyatidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar bolaligi baxtli kechayotganiga guvoh boʻldik, asosiysi shu emasmi?
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPress-tur v doshkolnыe obrazovatelnыe uchrejdeniya Andijanskoy oblasti
Press-tur v doshkolnыe obrazovatelnыe uchrejdeniya Andijanskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.05.2021
Press-tur v doshkolnыe obrazovatelnыe uchrejdeniya Andijanskoy oblasti
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala