Bog‘chaga qabul qilish uchun imtiyozli ro‘yxat yangilandi

© Sputnik / Varvara Gertye / Mediabankka o‘tishDetskiy sad
Detskiy sad - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.05.2021
Obuna bo‘lish
“Ayollar daftari”ga kiritilgan yolg‘iz ayollarning farzandlari bog‘chaga imtiyozli ro‘yxat asosida qabul qilinadi.
TOShKENT, 22-may — Sputnik. Hukumat qarori bilan Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirishlar kiritildi.
O‘zgartirishlarga ko‘ra, maktabgacha tashkilotlarga ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega bolalar ro‘yxati (imtiyozli ro‘yxat) yangilandi.
Detskiy sadik v Priaralye  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.05.2021
Birinchi maydan bog‘cha to‘lovlari o‘rtacha 15%ga oshdi
Endilikda bolalarning quyidagi kontingenti bog‘chaga ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega bo‘ladi:
● I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning bolalari (ilgari – nogiron bo‘lgan shaxslarning bolalari);
● ko‘p bolali oilalarning bolalari;
● yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;
● “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning bolalari;
● kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning va ichki ishlar organlari xodimlarining bolalari (ilgari – harbiy xizmatchilarning va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining bolalari);
● talabalar va pedagoglarning bolalari;
● akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan bo‘lgan bolalar;
● ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlardan umumiy turdagi maktabgacha tashkilotlarga o‘tkazilayotgan sog‘aygan bolalar (ilgari – boshqa muassasalardan o‘tkazilgan bolalar).
Noviy detskiy sad otkrili v Sergeliyskom rayone Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.01.2021
“O‘lik jonlar” ortidan 983,5 mln so‘mni o‘margan bog‘cha mudirasining kirdikorlari fosh bo‘ldi
Ilgari bog‘chaga qabul qilish uchun imtiyozli ro‘yxatga kiritilgan bolalarning imtiyozlari ularga yo‘llanma berilgunga qadar saqlanib qoladi.
Bolalarni imtiyozli ro‘yxat bo‘yicha qabul qilish davlat-xususiy sheriklikka asoslangan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tatbiq etilmaydi.
Joriy o‘quv yilining 31-may kuniga qadar 7 yoshga to‘ladigan bolalarning so‘rovnomalari ushbu sanada bekor qilinadi hamda avtomatik ravishda navbatdan chiqariladi.
Yangiliklar lentasi
0