Jamiyat

Kovid: 2 kishi vafot etdi, kasallanganlar soni 98 mingdan oshdi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Fotobankka oʻtishVremennыy gospital COVID-19 na VDNX
Vremennыy gospital COVID-19 na VDNX - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.05.2021
Sutka davomida 308 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 98 164 nafarni tashkil qilmoqda.
TOSHKENT, 22 may — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.
Bir sutka davomida 308 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 98 164 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining: Qoraqalpogʻiston Respublikasida (6), Andijon viloyatida (5), Buxoro viloyatida (2), Jizzax viloyatida (4), Qashqadaryo viloyatida (3), Navoiy viloyatida (3), Namangan viloyatida (6), Samarqand viloyatida (38), Sirdaryo viloyatida (5), Surxondaryo viloyatida (1), Fargʻona viloyatida (11), Xorazm viloyatida (3), Toshkent viloyatida (49), Toshkent shahrida (172) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Vrach i patsiyent v otdelenii reanimatsii i intensivnoy terapii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.05.2021
Jamiyat
Koronavirus: kunlik holatlar 300 dan ziyod, 2 kishi vafot etdi

Sogʻayish koʻrsatkichi

Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 93 633 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 95 foizga yetdi.
Ayni paytda 3 851 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Vaktsinatsiya

Respublikada jami 1 558 439 doza vaktsinadan foydalanildi. Ulardan: 1-bosqich emlanganlar 1 169 359 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 389 080 nafarni tashkil qildi.

Oʻlim holatlari

Koronavirusga chalingan 2 nafar bemor vafot etdi, Oʻzbekistonda jami 680 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 165,5 milliondan oshdi, 3,4 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng koʻp holatlar AQShda (33,1 mln), Hindistonda (26,0 mln), Braziliyada (15,8 mln).
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala