Qashqadaryoda "NEXIA”ning gaz balloni portladi – qurbonlar bor

© Sputnik / Aleksey KudenkoPojarnie tushat gorashiy avtomobil
Pojarnie tushat gorashiy avtomobil - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.05.2021
Obuna bo‘lish
Chiroqchi tumanida "NEXIA” avtomobiliga o‘rnatilgan gaz ballonida yorilish sodir bo‘ldi.
TOShKENT, 22-may — Sputnik. Bugun soat 06:00da Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani, “Navoiy” MFY hududidan o‘tuvchi 4P-84 “Yakkabog‘-Chiroqchi” avtomobil yo‘lining 29 km.da harakatlanib ketayotgan, “NEXIA” rusumli avtomobilida o‘rnatilgan gaz-balloni yorilishi yuzaga keldi. Bu haqda FVV xabar qildi
Buning oqibatida avtomobil ichida bo‘lgan 2 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan, 1 nafar fuqaro tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga yotqizilgan.
Ayni vaqtda, viloyat IIB, FVB, SSB va Prokuratura xodimlari tomonidan holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0