Siyosat

Oʻzbekiston va Tojikiston chegarada demarkatsiya ishlarini davom ettirishga kelishib oldi

© Sputnik / Boris Ushmaykin / Fotobankka oʻtishReka Sыrdarya v rayone goroda Leninabada
Reka Sыrdarya v rayone goroda Leninabada - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.05.2021
Xoʻjanda oʻzbek-tojik chegarasida demarkatsiya ishlari muhokama qilindi.
TOSHKENT, 22 may — Sputnik. 17 – 22 may kunlari Tojikiston Respublikasining Xoʻjand shahrida Oʻzbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining Oʻzbekiston-Tojikiston demarkatsiya qoʻshma komissiyasi doirasidagi navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.
Pogranichniki na slujbe - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.01.2021
Jamiyat
Chegara qoʻshinlariga koʻmaklashuvchi otryadlar tashkil etiladi
Muzokaralar davomida tomonlar Oʻzbekiston-Tojikiston Davlat chegaralarida demarkatsiya ishlarini muhokama qildilar, demarkatsiya qilish liniyasi loyihasini hamda oʻzbek-tojik davlat chegarasida chegara belgilarini oʻrnatish boʻyicha fikr almashdilar.
“Tomonlar Oʻzbekiston-Tojikiston Davlat chegarasida demarkatsiya ishlarini davom ettirishga kelishib oldilar. Uchrashuv doʻstona va oʻzaro anglashuv muhitida oʻtdi”, - deyilgan xabarda.
Tadbir yakuni boʻyicha Protokol imzolandi.
Sputnik Oʻzbekiston Telegram kanali - oʻqing, izoh yozing va doʻstlaringiz bilan oʻrtoqlashing!
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala