Sport

Toshkentda frantsuz boksi “Savat” boʻyicha chempionat boshlandi

© Ministerstvo turizma i sport Respubliki UzbekistanaV Tashkente proxodit chempionat Uzbekistana po frantsuzskomu boksu “Savat”
V Tashkente proxodit chempionat Uzbekistana po frantsuzskomu boksu “Savat” - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.05.2021
Toshkentda “Savat”ning "Asso" yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston chempionati oʻtkazilmoqda.
TOSHKENT, 22 may — Sputnik. Bugun Toshkentdagi “Universal” sport majmuasida frantsuz boksi “Savat”ning "Asso" yoʻnalishi boʻyicha ilk bora Oʻzbekiston chempionati oʻtkaziladi.
Turizm va sport vazirligi xabariga koʻra, unda respublikaning 8ta viloyatidan jami 400 nafardan ziyod bolalar, kadetlar, oʻsmirlar, yoshlar va kattalar, aniqroq aytadigan boʻlsak 6 yoshdan 45 yoshgacha boʻlgan sportchilar bahs olib borishadi.
“Savate” frantsuzcha soʻz boʻlib, “eski poyafzal” degan maʼnoni anglatadi. Bu sport turi koʻcha janglaridan kelib chiqqan boʻlib, oyoq zarbalari va yuzga urish bilan kurashish uslubini oʻzida mujassam etgan.
“Savat” 1924 yil Parij shahrida oʻtkazilgan yozgi Olimpiya oʻyinlariga rasmiy sport turi sifatida kiritilgan.
Sputnik Oʻzbekiston Telegram kanali - oʻqing, izoh yozing va doʻstlaringiz bilan oʻrtoqlashing!
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala