Sport

“Atletiko Madrid” Toshkentda oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazishi kutilmoqda

© Press-slujba FK "Lokomotiv" / Fotobankka oʻtishIgroki FK "Atletiko Madrid
Igroki FK Atletiko Madrid - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.05.2021
“Atletiko Madrid” futbol klubi akademiyasini tashkil etish uchun ispan klubining Oʻzbekistonga rasmiy tashrifini tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi.
TOSHKENT, 23 may — Sputnik. Ispaniyaning yangi chempioni “Atletiko Madrid” Oʻzbekiston klublaridan biri bilan Toshkentda oʻrtoqlik uchrashuvini oʻtkazishi kutilmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston Turizm va sport vazirining xalqaro maslahatchisi Aliya Ospanovaning ispan klubining xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Rosolino Amenta bilan uchrashuvida kelishuvga erishildi.
Uchrashuvda jahon futbolining mashhur yulduzlari ishtirokida qator xalqaro sport tadbirlarini tashkil etish orqali kadrlar tayyorlash dasturini amalga tatbiq etish, “visit Uzbekistan – Heart of the Silk Road” brendini keng targʻib qilish, shuningdek, “Atletiko Madrid” futbol klubi asosiy tarkibi bilan Oʻzbekiston klublaridan biri oʻrtasida Toshkentda xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvi tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Ispanskiy futbolnыy klub «Atletiko» predlojil otkrыt v Uzbekistane svoyu akademiyu. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.01.2021
Sport
“Atletiko Madrid” Oʻzbekistonda futbol akademiyasini ochmoqchi
Oʻz navbatida Ispaniya klubi vakili Oʻzbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va oʻzgarishlar bilan yaxshi tanish ekanligini taʼkidlab, turizm va sport sohasida qoʻshma loyihalar amalga oshirish masalasiga katta qiziqish bildirdi.
Uchrashuv yakunida “Atletiko Madrid” futbol klubi delegatsiyasining Oʻzbekistondagi sport infratuzilmasi bilan tanishish va mazkur futbol klubi akademiyasini tashkil etish uchun Oʻzbekistonga rasmiy tashrifini tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi.
“Atletiko Madrid” professional futbol klubiga 1903 yil 26 aprelda asos solingan. Jamoa oʻzining uy uchrashuvlarini “Vanda Metropolitano” stadionida oʻtkazadi. “Matraschilar” kuni kecha mehmonda “Valyadolid” ustidan irodali gʻalabaga erishib, oʻzining oʻn birinchi chempionligini qoʻlga kiritdi. Klub oxirgi marta oltin medallarga 2014 yilda sazovor boʻlgan edi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Ispaniyaning “Atletiko Madrid” klubi Oʻzbekistonda futbol akademiyasini ochish taklifini bildirgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala