Dunyoda

“Eurovision-2021” gʻolibi aniqlandi

© AFP 2018 / KENZO TRIBOUILLARDItalyanskaya rok-gruppa Måneskin
Italyanskaya rok-gruppa Måneskin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.05.2021
Qoʻshiqchi Manija tomoshabin va hakamlarning 204 ta ovozini olib, Rossiyaga toʻqqizinchi oʻrinni keltirdi.
TOSHKENT, 23 may — Sputnik. Niderlandiyaning Rotterdam shahrida Yevropaning eng asosiy musiqiy tanlovlaridan biri boʻlgan “Eurovision-2021” oʻz nihoyasiga yetdi.
“Ahoy” arenasida kechgan tanlov finalida 26 ta mamlakat vakillari gʻalaba uchun kurash olib bordi.
Tomoshabin va hakamlarning ovoz berish natijasiga koʻra, Italiyaning Måneskin rok guruhi “Zitti E Buoni” qoʻshigʻi bilan “Yevrovideniye-2021” tanlovi gʻolibi boʻldi. Italiya umumiy hisobda 524 ball toʻplashga muvaffaq boʻldi.
Ikkinchi oʻrin Frantsiya vakilasi Barbara Praviga nasib etdi. U 499 ball oldi.
Shveytsariyaga uchinchi oʻrinni Gjon’s Tears taxallusi bilan ijod qiluvchi Jon Muxarremay keltirdi. U tomoshabin va hakamlarning 432 balliga sazovor boʻldi.
Rossiya esa tanlovda toʻqqizinchi oʻrinni egalladi. Qoʻshiqchi Manija mamlakatga 204 ball keltirdi.
Tanlovda Ukraina beshinchi oʻrinda, Ozarbayjon 20 oʻrinda qayd etildi.
Tomoshabinlar umuman ovoz bermagan mamlakatlar ham boʻldi. Ispaniya, Germaniya, Niderlandiya va Britaniya ularning birorta ham ovozi ololmagan.
Rezultatы golosovaniya na "Yevrovidenii-2021"
Rezultatы golosovaniya na Yevrovidenii-2021 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.05.2021
Rezultatы golosovaniya na "Yevrovidenii-2021"
Eng qizigʻi, Buyuk Britaniya vakiliga na tomoshabinlar, na hakamlar ovoz berdi. Shu tariqa mamlakat tanlov tarixiga o ball olgan mamlakat sifatida kiritildi.
Quyida “Eurovision-2021” musiqiy tanlovi finalini toʻliq tomosha qilish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala