Video

Kongoda vulqon otilishi vaqtida besh kishi halok boʻldi

TOSHKENT, 23 may — Sputnik.Kongo Demokratik Respublikasi sharqidagi Niragongo vulqoni otilishi sabab kamida besh kishi halok boʻldi. Bu haqda mamlakatning Shimoliy Kivu viloyati gubernatori general-leytenant Konstan Ndima maʼlum qilgan.
Aniqlik kiritilishicha, aholini Goma shahridan evakuatsiya qilish vaqtida roʻy bergan yoʻl-transport hodisasida besh kishi halok boʻlgan.
Ognedыshaщiy drakon: na Kamchatke prosnulsya samыy bolshoy vulkan v Yevrazii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.12.2020
Video
Kamchatkada Yevroosiyodagi eng katta vulqon yana uygʻondi – video
Konstan Ndimaning soʻzlariga koʻra, shaharda talonchilik, marodyorlik jinoyati qayd etilgan. Shuningdek, mahbuslarning markaziy qamoqxonadan qochib ketishga urinish holatlari kuzatilgan.
Afrikaning eng faol vulqonlaridan biri Niragongoning otilishi 22 may kuni boshlangan. Gomaning shimoli-sharqiy qismlarida evakuatsiya eʼlon qilingan. Yetti mingga yaqin kishi shahardan qoʻshni Ruanda davlatiga qochib ketgan. Guvohlar ikkita yirik lava otilganini xabar qilmoqda. Vulqon otilishi 23 may kuni ertalab toʻxtagan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala